Bugun global iqlimning iliqlashishiga qarshi umumbashariy kurash boshlashga chorlovchi Kioto bitimi rasman kuchga kirdi. Bitim dunyoning 140 mamlakati tomonidan ma'qullangan. AQSh, tabiatga eng katta zarar keltiruvchi yonilg'i gazlari qo'llovchi yirik mamlakat bo'lsada, Kioto bitimiga imzo chekmasligini ta'kidlab kelmoqda. Amerika rahbariyatining bildirishicha, bu mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirishi mumkin. Ammo ba'zi amerikaliklar o'z xonadonlarida global iliqlashishga qarshi kurash boshlagan.
Oyiga bir marta, Mayk Tidvel g'aramdan jo’xori poyasini ajratadi.
U jo'xorini hayvonlarini boqish uchun emas, uyini isitish uchun ishlatadi. Tidvelning oilasi, Merilend shtatining Takoma Park shaharchasida yashaydi. "Bu nihoyatda ajoyib tuman. Mahalliy hukumat juda yaxshi, shaharda global isishga qarshi chora ko'rilyapti. Shahar hokimiyatining siyosatiga ko'ra, karbonat angidrid gazlarini kamaytirsh uchun kurashyapmiz.
Shaharchadagi 12 oila hozirda uyini makkajo'xori bilan isitadi. "Yer yuzida ob-havoning isib borayotganidan tashvishdamiz. Shu sabab, bu usulni qo'llayapmiz," - deydi Tidvel.
Global isish jarayoni umumbashariy muammo bo'lsada, uning ta'siri kichik hududlarga katta zarar keltiradi. Bu masalaning oldini olish uchun esa ko'mir va neftdan foydalanishni kamaytirish lozim.
Lekin bunday qilishni kim ham hohlar edi? Insonlarga mashinasiz, elektr quvvatisiz yashash osonmi hozir? Ammo, Tidvel singari amerikaliklar global iqlimning iliqlashishiga qarshi kurash boshlagan. Kurash esa uydan boshlanadi.
"Bizning uyimizdagi asbob-uskunalarning 90 foizi quyosh nuridan olinadigan quvvat bilan ishlaydi. O'chog’da esa joxori yoqamiz. Odamlar masalaning muhimligini anglab, tabiiy yo'llardan foydalanishni boshlashlari kerak," - deya ta'kidlaydi suhbatdoshimiz.
Mayk o’chog'i bilan juda faxrlanadi, ammo jo'xori yoqish bilan olamni isishdan saqlab qolish mumkinmi?
"Ha," - deydi Mike Tidvel. "Birinchidan, jo'xori daladagi boshqa o'simliklar kabi atmosferadan karbonat angidrid gazlarini o’ziga qabul qiladi. Lekin uni yoqqaningizda, makkajo'xori olganidan kam miqdorda gaz chiqaradi." Xullas, havodan olgan gazini, jo'xori yo'qilganda qayta chiqarib beradi.
Ammo Amerika dalalaridagi mashinalar ishlatadigan benzin va boshqa kimyoviy moddalar ham baribir atrof-muhitga ta'sir qiladi-ku?
"Dehqonlar ekin ekish, yetishtirish va uni parvarishlashda tabiiy usullardan foydalanishlari lozim. Kimyoviy moddalar bilan hosil yetishtirish har tomonlama zarar. Global ishisga qarshi bunday kurashib bo'lmaydi. Biz, iloji boricha, tabiiy o'g'itlardan foydalanamiz. Parrandalarimizdan olgan o'g'itlarning foydasi beqiyos," - deydi Tidvel.
Makkajo'xori yoqiladigan o'choq esa yaxshi ishlaydi. Jo'xori toza yonadi. "O'choqqa jo'xori qo'yilganda, undan tutun chiqmaydi. Hozir uyimiz shu bilan isiydi. Yaqinroq e'tibor bersangiz, toza tutun chiqayotganini ko'rasiz. Bu o'choq aslida shunga mo'ljallangan. 40 kg og'irlikni ko'tara oladi."
Qishning sovuq kunlarida uyni isitish uchun bu miqdor yetarlimi?
"Bilasizmi, buning uchun maxsus moslama bor o'choqda. Mana bu idish doimo jo'xori bilan to'la. Bu yerda esa, olov yo'li bilan bu idishni ulaydigan joy bor. Bu moslama asta jo'xori tashlab turadi. Har 10-15 sekundda jo'xori olovga tushaveradi."
Umuman, ochoq avtomatik ravishda ishlaydi. Har 20-30 sekundda yoqilg'i yangilanadi va olov beto'xtov davom etaveradi.
Tedvellar oilasi va qo'shnilar gaz yoki benzin o'rniga endi jo'xori bilan uylarini isitib, yiliga minglab dollar tejayapti. "Bu global isishga qarshi kurashimizning ilk samarasi,"- deydi ular.