Breaking News

Afg'onistondagi qor ko'chkisida 50 dan ortiq odam o'ldi


5-fevral kuni Afg’onistonning Nuriston viloyatidagi olis bir qishloq qor ko’chkisi ostida qolgan. Kamida 50 odam o’lgani aytilmoqda.

Shu payt qo’shni hududda, Pokistonga qarashli Chitral viloyatida ham qor ko’chkisi yuz berib, kamida 16 odamning hayotiga zomin bo’lgan.

Rasmiylarning aytishicha, Afg’onistondagi 34 viloyatning 22 tasida haddan ziyod ko’p qor yog’ishi bilan bog’liq o’lim holatlari yuz bergan.

Mamlakat bo’ylab qor ko’chkisidan o’lganlar soni jami 100 ga yaqin. Yaradorlar esa yanada ko’p. Mol-mulklarga ham zarar yetgan.

Ko’p qor yog’ishi natijasida yo’llar yopilib, qatnov qiyinlashgani bois hukumat yakshanbani dam olish kuni deb e’lon qildi. Bu kun Afg’onistonda, odatda, ish kuni sanaladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG