Breaking News

Afg'onistonda bolalar og'ir mehnat bilan band


Afg'on bolalari og'ir mehnatda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00

Afg'onistonda urush davom etar ekan, mamlakat yuz tutib turgan muammolardan biri bolalar mehnatidir. Ko'plab oilalar kun kechirish uchun yosh bolalarni ham ishlashga majburlashadi. Voyaga yetmaganlar g'isht quyish kabi og'ir mehnatlar bilan band.

Yosh bolalar g'isht bilan o'ynamayapti, balki uni yasayapti.

Sahardan shomgacha har kuni ular g'isht quyadi. Shu yo'l bilan ota-onalariga yordam beradi.

Oilalardan biri g'isht zavodi egasidan 10 yilcha oldin 1500 dollar qarz olgan. Hozirgacha shu qarzni uzaman, deb oilaviy g'isht solish bilan band.

"Hayotimdan to'yib ketdim. Do'konlardan hech narsa ololmayman. Zavod egasi ham pul bermaydi", - deydi bolalarning otasi Razi Xon.

Bolalar esa taqdirga tan berishga majbur.

"Dadam shu yerda bir o'zi ishlaydi. Agar akalarim bo'lganda, men maktabga borgan bo'lardim", - deydi Sabila ismli qiz.

Majburiy mehnat taqiqlanganiga qaramay, javob egasi bundan xavotirda emas.

"Ular bu yerda qamalib o'tirgani yo'q. Qarzlarini uzish uchun ishlayapti", - deydi zavod vakili Samiulloh.

Viloyat gubernatori ham vaziyatdan bexabar ekan.

"Aniqroq ma'lumot yig'ib ko'raman. Odamlarning muammolariga quloq tutish va ularga yechim topish mening ishim", - deydi viloyat hokimi Salim Xon Kunduziy.

Bu oila hayoti "Amerika Ovozi"ning "Asha" telekanalida yoritilgach, dunyo bo'ylab ko'plab odamlar ularga yordam berish uchun pul yig'di. Muxbir Zabihulloh G'ozi boshqa jurnalistlar bilan zavodga yana borib, ikki oilaga yordam qo'lini cho'zdi.

"Bu bolalar ortiq bu yerda ishlamasligi kerak. Ular maktabga borishi kerak", - deydi bu yerga kelgan faollardan biri.

Oila boshliqlari farzandlarini maktabga yuborishga va'da berdi.

"Qarzimni uzishga harakat qilayotgan edim. Endi qarzim yo'q, kattalari men bilan ishlaydi, lekin yoshlari maktabga boradi", - deydi ikkinchi oilaning rahbari Burhoniddin.

Yosh Marva quvonch ko'zyoshlarini yashira olmadi. "Juda xursandman, maktabga boraman", - deydi u.

Moliyaviy yordam bilan birga, ko'pchilik zavodga oilalar uchun oziq-ovqat ham olib keldi.

Afg'onistonda majburiy mehnat taqiqlangan, ammo mamlakat bo'ylab bunday amaliyot keng tarqalgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG