Bugun Tokioda Afg’oniston bo’yicha xalqaro donorlar anjumani bo’lib o’tdi. Prezident Hamid Karzayning unda so’zlashicha, mamlakat mustaqil hayotga qadam qo’ya boshlamoqda.
"Xalqaro kuchlar Afg’onistondan kelasi yil chiqishi rejalanar ekan, oldinda uzoq yillik mashaqqatli mehnat kutmoqda bizni", - deydi Karzay.
Donor davlatlar bugungi anjuman chog’ida kelasi to’rt yilda Afg’onistonga 16 milliard dollar ajratishga va’da berdi.
AQSh tomonidan konferensiyada Davlat kotibasi Xillari Klinton qatnashdi. “Biz Afg’onistonni 2014-yildan keyin ham tashlab qo’ymaymiz” dedi u.
"Xalqaro kuchlarning bu mamlakatga qaytishiga hojat va ehtiyoj qolmasligi kerak. Terrorchilar bu mamlakatda ortiq panoh topa olmasin", - dedi Klinton.
Prezident Karzayning aytishicha, Afg’oniston demokratiya yo’lida katta qadam tashladi, ammo xavfsizligiga tahdid hali ham jiddiy.
"Terrorchilar va ekstremistlar bizga xavf solishda davom etmoqda. Bu nafaqat bizning xavfsizligimizga, balki mintaqa va jahon tinchligiga rahnadir", - dedi Karzay.
Afg’onistonda korrupsiya bois xalqaro yordamning barakasi bo’lmadi, ammo endi bu baloga qarshi qattiqroq kurashamiz, dedi prezident.
"Korrupsiya idoralarimiz layoqati, samarasi va uyg’unligiga tahdiddir. Unga yetaklovchi omillar va bu amaliyotlarga qarshi xalqaro hamkorlar bilan birga kurashamiz", - dedi Karzay.
Tokio anjumanida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham so’zlga chiqdi. Uning aytishicha, Afg’oniston burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda, barqarorlikka o’tish muyulishida turibdi. Bu o’tish davrida uni qo’llab-quvvatlashimiz kerak, deydi u.
"Qisqa muddatli yordam bilan cheklanmasligimiz lozim. Afg’on xalqi xavotirlariga barham berib, uni o’z holiga tashlab qo’ymasligimiz zarur", - dedi Pan Gi Mun.
Biroq, uning aytishicha, Afg’oniston hukumati ham mas’uliyatni his etgan holda xalqiga bergan va’dalarining ustidan chiqishi kerak.
Xillari Klintonning anjuman oldidan ma’lum qilishicha, Amerika Afg’onistonni NATOga a’zo bo’lmagan davlatlar orasida eng muhim ittifoqchi deb belgiladi. Bu unga xavfsizlik bobida ko’proq va tezroq yordam olishga yordam beradi.