Breaking News

Jirg'a - Afg'onistonda tinchlikni saqlashga qaratilgan harakat


Afg'onistonda siyosatchi va oqsoqollar mamlakatni barqarorlashtirish yo'llarini muhokama qilmoqda. Kobuldagi jirg'aga 1600 delegat to'plangan. Tolibon taklif etilmagan.

Kobulda jirg'aning ikkinchi kuni o'tmoqda. Mamlakatning turli burchaklaridan top'plangan 1600 ga yaqin siyosatchi va qabilaviy oqsoqollar barqarorlikni ta'minlash yo'llarini muhokama qilmoqda. Bugun delegatlar 28 ishchi guruhga bo'linib, toliblarni hukumat tomoniga qanday og'dirish mumkinligi haqida fikr almashmoqda.

Kecha toliblar anjumanni izdan chiqarish maqsadida xurujlar uyushtirgan, biroq qurbonlar yo'q. Tolibon kengashga taklif etilmagan. Uning aytishicha, barcha ajnabiy kuchlar Afg'onistonni tark etmaguncha, toliblar tinchlik muzokaralariga kirmaydi.

Ba'zi afg'onlar jirg'adan foyda bo'lishiga shubha qilmoqda. Chunki, deydi ular, delegatlar hukumat tomonidan tanlab olingan va ular orasida jang qilayotgan guruhlar vakillari yo'q.

Jirg'aning ochilishida nutq so'zlar ekan, prezident Hamid Karzay Tolibonga murojaat etib, "Afg'oniston sizlarning ham yurtingiz, unga tajovuz qilmang, afg'onlar bir-birini hurmat qilishi kerak, Afg'onistonni qayta qurishda maslahatlaringizga quloq tutishga va'da beraman" dedi.

Jirg'a tashkilotchilaridan biri Qiyomiddin Kashafning aytishicha, anjuman mamlakatdagi beqarorlikka chek qo'yish uchun so'nggi imkoniyatdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG