Afg'oniston parlamenti Prezident Ashraf G'ani tomonidan Vazirlar mahkamasiga nomi ko'rsatilgan 19 nomzoddan 10 nafarini tasdiqlamadi.
Nomzodi o'tmaganlar orasida mudofaa vaziri lavozimiga da'vogar Sher Muhammad Karimiy ham bor. U ayni damda armiyani boshqarmoqda.
Parlament quyi palatasi general Nurul Haq Ulomiyning ichki ishlar vaziri, Salohiddin Rabboniyning tashqi ishlar vaziri, Afg'onistonning AQShdagi sobiq elchisi Eklil Hakimiyning moliya vaziri, Rahmatulla Nabilning esa razvedka xizmati direktori bo'lishiga qarshilik bildirmadi. Nabil oldin ikki muddat bu lavozimda ishlagan.
Vazirlar mahkamasiga nomzodlarning ayrimlari qo'sh fuqaroligi borligi uchun yoki ma'lumotga doir talablarga javob bermagani uchun ro'yxatdan o'zi chiqqan.
Ulomiy va Rabboniyda ham qo'sh fuqarolik bor edi, ammo ular ikkinchi fuqaroligidan voz kechishga ahd qildi.
243 qonunchi yashirin tarzda ovoz bergan. Ayrimlar nazarida bu bilan xalq noiblari mas'uliyatdan qochmoqda.
Ashraf G'ani Vazirlar mahkamasiga to'rt ayolni kiritishga so'z bergan edi, biroq so'nggi ro'yxatda atigi bir ayol bo'lib, Najiba Ayubiy bakalavrlik diplomini vaqtida taqdim etmagani uchun ayollar masalalari bo'yicha vazirlikka nomzodi o'tmadi.