Breaking News

Qandahordagi ayollar radiostansiyasi xalqaro sovringa sazovor bo'ldi


"Merman" radiosi
"Merman" radiosi

Afg’onistonning Qandahor shahrida ayollar uchun dasturlar tayyorlovchi radiostansiya “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti sovriniga sazovor bo’ldi.

Qandahordagi ayollar radiostansiyasi xalqaro sovringa sazovor bo'ldi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

Ayollar yurituvchi “Merman” stansiyasi 2011-yilda tashkil etilgan bo’lib, ayollar huquqlarini targ’ib qilib keladi. Tolibon va boshqa jangari guruhlar ularga bir necha bor do’q-po’pisa qilgan, ammo dovyurak ayollar jurnalistikadan voz kechmadi.

“Janubiy viloyatlarda muxbir bo’lib ishlash qiyin. Ko’p ishlash kerak. Jurnalist ayollardan o’z ishiga sodiqlik, mardlik talab qiladi bu kasb”, - deydi radiostansiya mudirasi Maryam Duraniy.

Jurnalist Rangina Anvariy “Hevad” telestansiyasida ishlaydi. Qandahor kabi qabilaviy hududlarda ishlashning o’ziga yarasha muammolari bor, deydi u.

“Merman”da bir necha yil ishlaganman. Ayollar yuzlashayotgan xavf va qiyinchiliklar bilan tanishman. Doimiy do’q-po’pisalar, hayotingiz uchun qo’rquv. Jamiyatni ayollar huquqlari haqida boxabar qilish, ayollarning uydan tashqarida ishlashi uchun imkoniyatlarni oshirish yo’lida mehnat qilyapman”, - deydi u.

Radiostansiya turli muammolarni ko’tararkan, mahalliy hokimiyat ularga quloq soladi, ayollar ehtiyojlariga ko’proq e’tibor bera boshlagan.

“Radioga ulanish imkoniyati bo’lganda turli savollar bilan murojaat qilamiz. Javoblarini esa ular amaldorlardan oladi. Natijada hayotimiz o’zgara boshladi. Dugonalarim ham o’z muammolarini radiochilarga yetkazadi, ular esa o’z navbatida hokimiyatdagilarga uzatadi, yechim so’raydi”, - deydi Ariya Rahmat ismli faol.

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining sovrini “Merman” stansiyasidagi jurnalist ayollar mehnatining e’tirofidir.

“Hammamiz uchun bu yaxshi xabar bo’ldi. Kasbimizga bo’lgan mehr, mehnatsevarligimiz meva berdi”, - deydi Xotira ismli jurnalist.

Radiostansiya rahbarlariga ko’ra, ayollar jamiyatda faol va samarali rol o’ynashiga hali ancha bor va muxbirlar ularni bu maqsadga erishishda qo’llab-quvvatlashda davom etadi. “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining sovrini esa jurnalist ayollarning bu yo’ldagi shijoati va ishtiyoqini yanada kuchaytirdi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG