Breaking News

Amerika rahbari afg'on talaba qizlariga yordam berdi


Prezident Donald Tramp afg'on o'quvchi qizlari Amerikadagi musobaqada qatnashishlari uchun yordam qo'lini cho'zdi. Bu haqda Oq uy so'zlovchisi Sara Xakabi Sanders 12-iyul kuni ma'lum qilgan.

Afg'onistonning Hirot shahrilik olti talaba qiz 16-iyulda boshlanadigan musobaqada ishtirok etish uchun hujjat topshirgan. Ammo Davlat departamenti ularning arizasini ikki bor qondirmay, janjalga sabab bo'lgan.

Tramp ularning ahvolidan xabar topib, qizlarga 10 kunda viza berilishiga ishonch hosil qilgan.

Trampning maslahatchisi Dina Pauell bu qizlarni Afg'oniston jamiyatining sara namoyondalari deya ta'riflaydi. Ular Afg'onistonning bo'lg'usi yetakchilari va elchilaridir, deydi u.

Tanqidchilar nazarida avvaliga studentlarga viza berilmagani Afg'onistonda, AQSh askarlari jang qilayotgan yurtda salbiy qarshi olingani aniq. Kongressning bir necha a'zosi viza berilmagani haqidagi xabardan norozi bo'lib, Davlat kotibi Reks Tillersonga maktub yo'llagan.

AQShdagi robotlar musobaqasida taxminan 160 davlat qatnashayapti va eng avval yetib keladigan jamoalardan biri Eron talabalaridir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG