Breaking News

Afg’onistonda Tolibon hujumini qaytargan opa-uka mashhur bo’ldi


Qamar Gul
Qamar Gul

Afg’onistonda qo’lda qurol bilan Tolibonga qarshi turgan o’smir qiz va uning ukasi ijtimoiy sahifalarda qahramonlar kabi olqishlanmoqda.

Xalqaro hayot – 22-iyul, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:07 0:00

Xabarlarga ko’ra, 17-iyul kuni o’nlab jangari tunda G’o’r viloyatining Tayvara tumanidagi bir qishloqqa bostirib kirgan. Toliblardan uch nafari bir xonadonga kirib, avval onani, so’ng otani ikki farzandining ko’zi oldida otib o’ldirgan.

16 yashar Qamar Gul va uning 12 yoshli ukasi Habibullo uyda otasi saqlagan qurollarni olib, jangarilariga o’q uza boshlaydi. Mahalliy rasmiylarga ko’ra, o’smir uchchala tolibni avtomatdan otib o’ldiradi. Shundan keyin opa-uka bir soatcha jangarilar bilan o’q almashadi.

Qamar Gulning aytishicha, hamqishloqlar yordamga kelganidan so’ng toliblar qochadi.

Qamar Gulning ota-onasi nega otilgani ma’lum emas, biroq otasining hukumat tarafdori bo’lgani, o’tmishda soliq to’plash uchun kelgan toliblarni haydagani aytiladi.

Ayni damda Qamar Gul va Habibullo xavfsiz joyga ko’chirilgan. Prezident Ashraf G’ani ularni saroyga taklif etgan.

Ro’mol o’rab, qo’lida avtomat ushlab turgan Qamar Gulning surati ijtimoiy sahifalarda tarqalib ketdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG