Ayrim tahlilchilar fikricha, 2014-yili xalqaro kuchlar Afg’onistonni tark etgach, ular bilan birga nodavlat tashkilotlar va biznes ahli ham mamlakatdan ketishi mumkin. Ammo Vashingtonda o’tgan bir yig’inda mintaqada ish olib borayotgan yetakchi AQSh tashkilotlari 2014-yildan keyin ham Afg’onistonda o’z missiyalarini davom ettirishini ta’kidladi. “Afg’on ishonchli tarmog’i” tashkiloti (The Afghan Trusted Network) tomonidan bir joyga yig’ilgan fuqarolik jamiyati vakillari biznes, texnologiya, ta’lim va qonun ustuvorligi sohalarida urushdan vayron bo’lgan mamlakatni tiklash borasida o’zaro fikr almashdi.
Anjumanda afg’on ayollari va yoshlariga ko’proq vakolat va kuch berish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Afg’oniston elchixonasi bosh konsuli Abdul Hakim Atorud mahalliy hukumatning bu borada olib borayotgan ishlari haqida gapirib, jamiyatda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash masalasida bir qator muvaffaqiyatlarga erishilganini ta’kidladi.
Hozir maktablarimizda o’quvchilarning 40 foizi qizlar; yuzlab ayollar o’zlarining shaxsiy biznesiga ega, deydi u. Bugun aviatsiya, politsiya, armiya va ommaviy axborot vositalarida ko’plab ayollarni ko’rish mumkin. Maqsadimiz Afg’oniston ayollariga ko’proq erkinlik va vakolat berish, huquqlari tengligini ta’minlash, deydi Atorud.
Konsulning aytishicha, Afg’oniston o’zini tiklashi uchun, avvalo, iqtisodiyot oyoqqa turishi kerak. Aholini ish bilan ta’minlash dolzarb vazifa. “Bipis” (BPeace) nodavlat tashkiloti Afg’onistonga ana shu masalada yordamlashish uchun borgan. Tashkilot ekspertlari mahalliy tadbirkorlarga, ayniqsa, ayollarga trening va malakaviy ko’mak ko’rsatib, ularga biznesni to’g’ri rivojlantirish va natijada ko’proq odamni ishga yollash bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatadi.
Tashkilot rahbari Toni Melonining aytishicha, oqancha ko’p odam ish bilan ta’minlansa, zo’ravonliklar shuncha kam bo’ladi.
Eng muhim vazifa mahalliy biznes vakillariga turli sohalarda amaliy maslahatlar berish, deydi u. Mutaxassis nazarida biznes imkoniyatlaridan to’la foydalanish yo’lidagi asosiy to’siqlar – bu korrupsiya, qonun ustuvorligining zaifligi va xavfsizlik muammosi. Unga ko’ra, mahalliy madaniyat ham ba’zan xalqaro biznes standartlari bo’yicha ishlashga to’sqinlik qiladi.
Savdo siyosati bo’yicha ekspert Bonni Blarkom Afg’onistonning Jahon savdo tashkilotiga qo’shilish imkoniyatlarini tahlil qildi.
Afg’onistonda xorij tovarlariga qo’yilgan boj to’lovi past. Hukumat daromadning 42 foizini shu boj to’lovlaridan oladi, deydi tahlilchi.
Afg’oniston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish uchun 2004-yilda ariza topshirgan. Bir qator huquqiy va moliyaviy boshqaruvga oid masalalar hal etilgach, Kobul 2014-yil oxirigacha unga kirishi kutilmoqda, deydi Blarkom.
AQSh Savdo vakili idorasida ishlovchi Mara Bur ham Afg’oniston iqtisodiy siyosatini yaxshilashi kerak, deydi.
“AQSh va Afg’oniston 2004-yilda o’zaro savdo bitimi imzolagan. Shundan beri aloqalar rivojlanib bormoqda. Biz, ayniqsa, ayollarning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lishiga yordam beruvchi loyihalarni qo’llab-quvvatlaymiz. Ayni paytda boshqaruv tizimining korrupsiya va qonun ustuvorligining zaifligi bois samarasiz ishlashini va bu muammolarga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini tilga olish zarur”, - deydi rasmiy.
Mamlakatda inson huquqlari bobida ham ahvol achinarli ekani aytiladi. Ayniqsa, ko’plab ayollarning ishlash, ta’lim olish kabi asosiy huquq va erkinliklardan hanuz bebahra ekani bu yo’nalishdagi eng katta muammolardan.
“Global huquqlar” (Global Rights) nodavlat tashkiloti ayni shu masalada afg’onistonlik ayollarning huquqiy savodxonligini oshirishni o’zining asosiy vazifasi deb biladi. Tashkilot ijrochi direktori Syuzan Fransvort bu vazifa Afg’oniston oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotganini aytadi.
“Biz davlat universitetlarida fuqarolik, jinoyat va oila huquqi bo’yicha talabalarga treninglar o’tamiz. Shuningdek, fuqarolik va shariat sudlariga oid masalalarda fuqarolarga, ayniqsa, ayollarga bepul yuridik xizmat ko’rsatamiz. Bu ishni biz mahalliy nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirmoqdamiz”, - deydi Syuzan Fransvort.
Vashington anjumani turli yo’nalishlarda ish olib borayotgan fuqarolik jamiyati vakillarini bir joyga to’plab, ular uchun o’zaro muloqot o’rnatish imkoniyatini yaratdi. Bu tashkilotlar, shuningdek, Afg’onistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini yanada oshirish uchun o’zaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ham alohida ta’kidlab o’tdi.