Breaking News

Afg’on-turk maktablari Turkiya davlatiga topshiriladi


Shibirg'on shahridagi afg'on-turk maktabi
Shibirg'on shahridagi afg'on-turk maktabi

Afg’oniston hukumati Fathulloh Gulenga qarashli deb iddao qilinadigan afg’on-turk maktablarini Turkiya Maorif Jamg’armasiga topshirishga harakat qilmoqda. Ikki davlat maorif vazirliklari o’rtasida imzolangan bitimga ko’ra, ushbu maktablar hozirgi boshqaruvdan tortib olinib, Turkiya hukumati ixtiyoriga o’tkazilishi kerak.

Biz Juzjon viloyatining Shibirg’on shahridagi afg’on-turk maktabidamiz. Bu maktab, Afg’onistondagi 14 ta ana shunday dargohlardan biri.

Hukumat bu maktablarni Turkiya davlatiga topshirmoqchi ekan, maktab rasmiysi uni noqonuniy harakat deya tanqid qiladi.

“Biz qonunga asoslangan holda, maktablarni qanday qilib saqlab qolishimiz mumkinligi ustida ishlayapmiz”,- deydi Shibirg’ondagi Afg’on-Turk maktabi rahbari o’rinbosari Mahmud Siddiqiy.

Shibirg’ondagi afg’on-turk maktabi direktori o’rinbosari Mahmud Siddiqiyning bildirishicha, hukumat ularga hech qanday maktub jo’natmagan. Maktablarni yopish yoki ularni topshirish uchun ham hech qanday talab ilgari surilmagan.

Uning nazarida agar maktablar Turkiya davlatiga topshirilsa vaziyat tartibdan chiqishi aniq.

“Turkiya davlatining Juzjon viloyati Oqcha tumanida bitta maktabi bor. Ular shu maktabga ham turk ustozlarni jalb qila olmayapti. Hozirgi 12 maktabga qanday qilib ustozlar olib kelishlari mumkin? Shibirg’on tinch joy, lekin Hilmand, Qandahor, Nangarhor kabi viloyatlarga Turkiyadan qanday qilib o’qituvchilar olib kela oladilar?”,- deydi Siddiqiy.

Afg’on-turk maktablari o’quvchilarining oilalari uyushmasi ham hukumatning maktablarni Anqaraga topshirish qaroriga qarshi chiqqan.

“Biz bu afg’on-turk maktablari Turkiya Maorif Jamg’armasiga topshirilmasligini so’raymiz. Agar Turkiya yordam bermoqchi bo’lsa, qanchadan-qancha vayron maktablar bor, joyi yo’q, bolalar chodirlar tagida o’qiyapti. Yoki boshqa maktablar ochib raqobatga kirishsinlar. Oilalar qaysi maktab yaxshi bo’lsa, bolalarini o’sha maktabga qo’yishadi. Maktablarni tortib olmoqchi bo’lmasinlar”, - deydi Mahmud Siddiqiy.

Hozirgi kunda afg’on-turk maktablari eng yaxshi jihozlangan, o’quv imkoniyatlariga boy, jahon standartlariga javob bera oladigan ta’limiy dargohlar hisoblanadi. Xalqaro musobaqalarda qatnashib, yuzlab medallar sohibi bo’lgan maktab. Afg’onistonda nom qozongan o’quv markazlari.

Afg'onistondagi turk maktablarining taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG