Breaking News

Afg'onistonda minglab bola qish mavsumiga tayyor emas


“Bolalarni asrang” tashkilotiga ko’ra, urushdan vayron bo’lgan Afg’oniston qahraton qishga yuz tutarkan, 300 mingdan ziyod bola sovuq havoga tayyor emas, zarur kiyim-kechagi yo’q, ko’p xonadonlar yetarlicha isitilmaydi, bu esa bolalar orasida kasallik va o’lim hollariga sabab bo’lishi mumkin.

Xalqaro hayot – 1-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:04 0:00

Afg’onistondagi ko’p yillik mojaro, harbiy amaliyotlar, xurujlar natijasida ko’p uylar vayron bo’lgan, minglab bolalar uysizlar uchun qurilgan lagerlarda boshpana topishga majbur bo’lgan.

Tashkilotning bildirishicha, ular nafaqat ochlik va kasalliklar, jumladan koronavirus, balki haroratning keskin tushishi oqibatida o’lim bilan ham yuzlashmoqda.

Poytaxt Kobulning shimoliy qismida 700 dan ortiq oila lagerda turadi, aksariyati urushda vayron bo’lgan uylarini tashlab chiqishga majbur bo’lgan.

Ular chiqindilarni terib, isinish uchun yoqadi.

“Tunda juda sovuq, saharda ham sovuq, o’tinimiz, ko’mirimiz yo’q, un, guruch, ko’rpa-to’shak yo’q”, - deydi lagerda yashovchi 10 yashar Muhammad Dod.

Uning 50 yashar buvisi Rayhon lagerda o’g’lining 7 nafar oila a’zosi bilan turadi. Axlatga tashlangan plastik shishalarni yoqamiz, ammo ulardan issiqlik kam chiqadi, deydi u.

“Nabiralarim kasal, kechasi bilan yo’talib chiqadi, doriga yoki shifokorga borishga pulimiz yo’q”, - deydi Rayhon.

“Bolalarni asrang” tashkiloti Afg’onistonning 34 viloyatidan 12 tasida 100 mingdan ziyod oilani qishki anjomlar bilan ta’minladi – bir oz yoqilg’i, isitgich, ko’rpa, qishki kiyim va poyabzal.

Afg’onistonning ob-havosi sovuq hududlarida maktablar mart oyigacha yopilgan. Bu yerlarda harorat minus 27 gacha tushishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG