Breaking News

Afg'on ayollarining 52 foizi - oilaviy zo'ravonlik qurboni


Shakila Zarin Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo bilan suratda
Shakila Zarin Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo bilan suratda

8-mart – Xotin-qizlar kunida hamma joyda ham ayollar hayoti farovon emasligini esga olish muhim. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, Afg’onistonda ayollarning 52 foizi uyda zulmga uchragan. Ulardan biri Shakila Zarin.

Xalqaro hayot – 8-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:37 0:00

Shakila 15 yoshda uzatildi, 16 yoshida esa eri unga qurol qaratib, yuzida bir umrlik chandiq qoldirdi.

“Uyg’onsamu, yuzim eski holatiga qaytsa deb mo’jizani orzu qilaman. Ammo mo’jizadan darak yo’q”, - deydi u.

Shakila oiladan qochib, 2013-yilda Kanadaga borib qoladi.

“Afg’onistonda maktabni tugatmaganman. Kanadada siyosiy boshpana olganimdan so’ng orzuim ushaldi – maktabga chiqdim. O’qishning birinchi kunida sinfdoshlar yonida o’tirib yig’ladim. Quvonchdan”, - deydi u.

Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo Shakila bilan uchrashib, unga yordam va’da qildi.

“Ko’p yordam oldim. Kanada hukumatidan eng katta yordam yuzimga plastik jarrohlik uchun pul bo’ldi. Shu kungacha 15 ta operatsiyadan o’tdim”, - deydi ayol.

Shakilaning aytishicha, erining shafqatsizligiga qaramay, Afg’onistonda hech kim uning dardiga quloq solmadi. O’ziga o’xshaganlarga yordam berish maqsadida u afg’on jamiyatidagi muammolarni fosh eta boshladi.

“Kanadada ko’p ma’ruza qilaman. Zo’ravonlikka yuz tutgan ayollar uchun adolat talab qilaman. O’zimning va men kabi jabr ko’rgan boshqa afg’on ayollarining ayanchli hayoti haqida dunyoga hikoya qilaman”, - deydi u.

Oiladagi zo’ravonlikka qarshi kurashuvchi tashkilotlar Shakilani qo’llab-quvvatlamoqda.

“Unga notiqlik san’atini o’zlashtirishda yordam berdik. Bu sohada o’ta faol hozir. Ayollarga qarshi zo’ravonlik hamda buning o’z hayotiga ta’siri haqida nafaqat Kanada, balki ko’plab boshqa mamlakatlarda qo’rqmasdan gapiradi”, - deydi inson huquqlari faoli Lorin Outs.

Bunday global muammoga qarshi kurashda jamiyatlar birlashishi kerak, deydi Shakila.

“Dunyoni yolg’iz o’zim o’zgartira olmayman. Barcha mazlum ayollar zo’ravonlikka qarshi bir bo’lib kurashishi kerak. Uyda yig’lab o’tirgan bilan muammo hal bo’lmaydi. Ayollarga zulm qilayotganlarga qarshi birlashish zarur”, - deydi faol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG