Afg’onistonda aholining 60 foizidan ziyodi 25 yoshga yetmagan hali. Shanba kungi saylovlar taqdirini aynan yoshlar hal qilishi mumkin, deydi kuzatuvchilar. Prezidentlikka nomzodlar so’nggi kunlarda yosh saylovchilar ko’nglini ovlash bilan ovora.
Kobuldagi stadionda bugun futbol o’yinlari o’tkaziladi. Biroq 15 yil oldin o’yingoh Tolibon uchun qatl va jazo maydoni rolini o’tar edi. Toliblardan keyingi 15 yilda yoshlar ta’lim oldi, dunyoqarashi o’zgardi.
Zo’ravonliklardan charchaganmiz, deydi mahalliy futbolchi Haydari Kavash.
"Stadionga mashq uchun kelganimda maydonning biror joyida bomba portlab qolar degan qo’rquv bo’ladi doim. Yangi hukumat mamlakatda xavfsizlikni ta’minlay oladi deb umid qilaman", - deydi u.
Prezidentlikka nomzodlar yoshlar bilan uchrashib, ovozlarini olish uchun turli va’dalar bermoqda. Masalan, ularni ish bilan ta’minlash, barqarorlik haqida ko’p gapirilmoqda.
Fahima Qovun Kobuldagi radiostansiya boshlovchisi. Uning aytishicha, Afg’oniston ayollar va yoshlar huquqlari toptalgan o’tmishga qaytmaydi.
"So’nggi besh yil bilan taqqoslaganda ko’p narsa o’zgargan. Qizlar deyarli uydan chiqmasdi, ishlamasdi, maktabga ham hozirgiday ko’p qiz qatnamasdi. Hozir har bir yerda, har bir sohada yoshlarni uchratish mumkin", - deydi u.
Biroq hamma ham kelajakka umid bilan qaramaydi. Ruhullo Tolibon hukmronlik qilgan davrda qochqin edi. Qo’shma Shtatlar toliblarni hokimiyatdan ag’dargach, u xorijiy askarlar bilan ishladi. Hozir Ruhullo yana xavotirga tushgan. Afg’onistondan ketmoqchi.
"Nomzodlarning hammasi prezidentlikka saylansa, hayotimizni yaxshilashini aytadi. Ammo bularning barchasi xom-xayol", - deydi Ruhullo.
Vashingtonlik tahlilchi Fred Kaganning aytishicha, afg’on yoshlari orasida hech bir nomzodga nisbatan yaqqol xayrixohlik yo’q.
"Yoshlarning saylov natijalariga ta’sirini oldindan aytish qiyin, chunki qanchasi saylovga chiqishini, kimga ovoz berishini bilmaymiz. Ular muayyan bir nomzodni qo’llab-quvvatlaydi deb aytolmayman. Menimcha, ovozlari bo’linsa kerak", - deydi tahlilchi.
Yosh tadbirkorlar va siyosatchilarning aytishicha, gap saylovda kimning g’alaba qozonishida emas, balki jarayonni qanchalik toza yutishida.
Fahim Tohi kompyuter sohasida ishlovchi kompaniyani boshqaradi. Uning aytishicha, yoshlar nomzodlarning g’irromlik qilishiga yo’l qo’ymaydi.
"Agar saylov natijalarining soxtalashtirilgani aniqlansa, yoshlar ko’chaga chiqib, namoyish qiladi. Har bir viloyatda", - deydi tadbirkor.
Shaharlarda siyosiy jihatdan faol yoshlar ko’p bo’lmasa-da, ular internet va ijtimoiy sahifalar kuchiga ishonadi. Shanba kungi saylovda buni amalda ko’rish imkoni bo’ladi.