Breaking News

Afg'oniston: Tolibon AQSh konsulligini nishonga oldi


Afg’onistonning Hirot shahrida jangarilar AQSh konsulligiga hujum uyushtirib, ikki soqchini o’ldirgan, yana 20 kishi jarohatlangan.

Rasmiylarning aytishicha, diplomatik idora qarshisida bomba solingan mashina portlatilgan va shundan so’ng toliblar hujumga o’tgan.

Askarlar bilan otishmada bombali kamarlar taqib olgan jangarilarning bari yo’q qilingan.

Tolibon hujumni uyushtirganini tan olib, ham mahalliy, ham amerikalik zobitlar halok bo’lgani haqida ma’lum qildi. Biroq AQSh Davlat departamentiga ko’ra, amerikalik askarlar orasida talofat yo’q.

2014-yilda xorijiy askarlarni Afg’onistonni tark etadi. Mahalliy armiya sekin-asta xavfsizlikni o’z zimmasiga olar ekan, so’nggi payt qonli hujumlar ko’paygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG