Afg’oniston xotin-qizlari NATO qo’shinlari 2014-yil oxirida mamlakatni tark etganidan keyin bizning ahvolimiz nima bo’ladi, deb xavotirda. 2001-yilda Tolibon harakati hokimiyatdan ketganidan buyon xotin-qizlar huquqlari borasida erishilgan yutuqlar saqlanib qolishi kerak, deydi xalqaro hamjamiyat a’zolari. Ammo mamlakat ayollari bizning huquqlarimiz rasmiylar uchun ustuvor masala emas, demoqda.
Viloyat kengashlarining ayol rahbarlari markaziy hukumat siyosatidan norozi va buni ochiqchasiga aytmoqda. Ulardan biri, Uqmina, Sovet qo’shinlari Afg’onistonga bostirib kirganidan buyon erkakcha kiyinadi. Ayol uchun bu xavfsizlik masalasi.
“Xotin-qizlar himoyasi haqida hech kim o’ylamaydi, na qo’mondonlar, na qonunchilar. Bizning muammolar hech kimni qiziqtirmaydi. Ayollarga munosabat yomon”, - deydi u.
Tolibon hukmron davrda Afg’oniston xotin-qizlari burqada yurishga majbur qilingan, maktabda o’qiy olmagan, ishlash imkonidan ham mahrum bo’lgan. Hozirga kelib ayollar o’z haq-huqularini talab qila oladi, garchi qarorlar asosan erkaklar tomonidan qabul qilinsa-da.
Ayol faollar deydiki, Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish to’g’risidagi qonun ijrosini ta’minlash yo’lida hukumat hech narsa qilmayapti. Ushbu qonunga ko’ra, xususan, voyaga yetmagan qizlarni o’z ixtiyoriga qarshi turmushga berish taqiqlangan, qonunni buzganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
“Human Rights Watch” inson huquqlari tashkiloti afg’on ayollari kelajagidan xavotirda. So’nggi paytlarda “ma’naviy” jinoyatlar, jumladan zino yoki uyidan qochgani uchun qamalgan xotin-qizlar soni ko’paygan, deya tashvish bildiradi faollar.
BMTning Afg’onistondagi vakolatxonasi so’zlovchisi Nilab Mobarezning aytishicha, agar hukumat xorijiy yordam davom etishini istasa, xotin-qizlar huquqlarini himoyalashi va ayollarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi kurashishi kerak.
“Bizning fikrimiz qat’iy: agar bu qonun amal qilmasa yoki unga qo’shimcha o’zgartirishlar kiritilmasa, bu Afg’onistonga berilayotgan madadga salbiy ta’sir qiladi”, - deydi BMT rasmiysi.
Bugun bu o’lkada ayollarning qariyb 90 foizi savodsiz. Qishloq joylarda harf tanimaganlar bundan ham ko’p.
Huquqshunos-professor Vodir Safiy ayollarning roli haqdagi noto’g’ri tasavvurlar hamon kuchli deydi.
“Mening yordamim bilan fakultetimiz talabalari, qizlarimiz Hindiston, Turkiyaga o’qishga borishi mumkin edi. Men ularga buni ma’lum qildim. Ammo ular ota-onasi bilan gaplashganidan keyin oldimga kelib yig’ladi, ota-onam ruxsat bermadi, xorijga bora olmayman, dedi. Ayrim qizlarning akasi ruxsat bermagan. Bu shaharlardagi vaziyat. Qishloqlarni gapirmasa ham bo’ladi”, - deydi domla.
Afg’on ayollari uydan chiqib, ishxona yoki maktabga bora olsak, haqlarimizni ham talab qila olamiz, deydi. Ammo bu boradagi vaziyat 2014-yil oxiriga, xalqaro qo’shinlar mamlakatdan chiqib ketganidan keyingi xavfsizlik masalasi hamda Tolibonning hukumatdagi roliga bog’liq.