Breaking News

Afg'on xotin-qizlarining bugungi kuni


Afg'on ayollari orasida o'tkazilgan so'rovlarda ularning aksariyati kelajakdan xavotirda ekanini aytgan. Ular o'tgan yillar ichida erishilgan yutuqlarni tan oladi. Lekin ertaga nima bo'ladi, hech kim bilmaydi bu mamlakatda, deydi ular. Afg'on onalari va qizlari zo'ravonlikdan to'ygan. "Bizni hamon inson sifatida ko'rishmaydi",- deya shikoyat qiladi so'rovdda qatnashgan juvonlardan biri. Bugun qizlar maktabga boradi, kasb-hunar o'rganish mumkin, biznes boshlash mumkin, davlat idoralarida ishlash mumkin, ammo ayollarga nisbatan hurmatsizlik hollari ko'p uchraydi. Ular mislsiz to'siqlar bilan yuzlashadi.

Dunyo bo'ylab xotin-qizlar ahvoli haqida ma'lumot

  • Ayollar global ishchi kuchining 40 foizdan oshig'ini tashkil etadi.
  • Deyarli barcha mamlakatlarda qizlar boshlang'ich maktabda o'qish imkoniyatiga ega. Maorif va ta'lim sohasida og'il bola va qizlarga teng qarab, birdek o'qitish jadal tarzda rivojlanib bormoqda.
  • 1980-yildan beri ayollar dunyoda erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashi kuzatilmoqda.
  • Hech bir jamiyat ayolning iqtisodiy va siyosiy ishtirokisiz rivojlana olmasligi qayta va qayta isbotlangan fakt.
  • Qullikka majburlanayotganlarning aksariyati - xotin-qizlar.
  • Ko'plab jamiyatlarda ayollarga kam maosh to'lanadi. Ish joyida jinsiy kamsitish hollari kuzatiladi.
  • Ko'plab jamiyatlarda ayollar qaror qilish imkoniyatiga ega emas. Ular o'z hayotini o'zi nazorat qilmaydi.
  • Manba: Jahon Banki

Afg'onistondagi bugungi manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG