Breaking News

Yaman, Liberiya ayollari Nobel tinchlik mukofotiga sazovor


Yaman, Liberiya ayollari Nobel tinchlik mukofotiga sazovor
Yaman, Liberiya ayollari Nobel tinchlik mukofotiga sazovor

Nobel uchun tinchlik mukofoti sovrindorlarlari - Yamanda xotin-qizlar manfaatlari uchun kurashib kelayotgan Tavakkul Karmon. Liberiyalik huquq faoli Leyma Gbovi hamda uning yurtdoshi, prezident Ellen Jonson Serlif.

Nobel qo’mitasining bildirishicha, sovrindorlar xotin-qizlar xavfsizligi va haq-huquqi uchun nozo’ravon kurash olib borayotgani uchun bu yuksak mukofotga loyiq topilgan.

Qo’mita raisi Torbyon Yagland deydiki, xotin-qizlarga ham erkaklar bilan teng imkoniyatlar berilmas ekan, barqarorlik bo’lmaydi.

72-yoshli Ellen Jonson – Afrikaning demokratik ravishda saylangan ilk ayol prezidenti. Tinchlik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda jamiyatda ayollar rolini oshirish yo’lida qilgan xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor.

39-yoshli Leyma Gbovi nasroniy va musulmon ayollarni bir davraga to’plab, tinch namoyishlar uyushtirgan, fuqaro urushiga yakun yasagan faol deya ta’riflanadi.

Uchinchi sovrindor, yamanlik jurnalist Tavakkul Karmon “Arab bahori” namoyishlarida faol qatnashgan. Mukofotni Yamandagi “yosh inqilobchilar”ga bag’ishladi.

Nobel uchun tinchlik mukofotini topshirish marosimi shu yilning 10-dekabr kuni Norvegiya poytaxti Osloda bo’lib o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG