Breaking News

Al-Qoida Yamandagi portlashni qasos deb ta’rifladi


Al-Qoidaning bildirishicha, Yamanda bugun 96 askarni hayotdan olib ketgan portlash Amerika boshchiligida kechayotgan kampaniyaga javobdir.

Poytaxt Sanoda harbiy parad oldidan mashq paytida portlash ro’y berib, o’nlab zobit jon berdi, 200 dan ziyodi jarohatlandi.

Harbiy kiyim kiygan odam oraga kirib olib, o’zini portlatgan, deydi rasmiylari. Mashq payti mudofaa vaziri va yana bir necha mutasaddi maydonda bo’lgan, ularga shikast yetmagan.

Seshanba kungi parad Yaman shimoli va janubi birlashgan sanani nishonlash uchun rejalangan bo’lgan.

Amerika qo’llab-quvvatlovida Yamanda jangarilar manzillari havodan nishonga olinib keladi. Oq uy bugungi xurujni “qo’rqoqlar”, “nafratli kuchlar qilmishi” deya ta’riflaydi. Prezident Barak Obama bu davlat xalqiga ta’ziya izhor etmoqda.

Yaman rahbari Obid Rabbo Mansur Hadi terrorchilar mamlakat tinchi va siyosiy taraqqiyotiga to’sqinlik qila olmaydi, deydi.

Al-Qoida rahnamosi Ayman al-Zavohiriy yamanliklarni Hadiga qarshi kurashga chorlab, uni “Amerika josusi” deb ta’riflagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG