Breaking News

Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari


Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari
Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari

Markaziy Osiyo mamlakatlarida mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ayollarga nisbatan har qanday diskriminatsiya hollarini yo’qotishga doir BMT Konvensiyasi ratifikatsiya qilingan edi.

Jamiyatda ayollar rolini oshirishga doir qonunlar mavjud. Keyingi yillarda ham bu borada qator muhim hujjatlar imzolangan bo’lsa-da, haligacha xotin-qizlarning ahvolini yaxshi deb bo’lmaydi.

Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari
Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari
Tojikistonda, masalan, hukumat miqyosida ayollar statusini ko’tarish va rolini oshirish borasida milliy reja ishlab chiqilgan. Jamiyatda jinslar tenghuquqliligini kafolatlovchi qonun bor.

Uy bekasi, chevar kelinchak Ruxsora G’ulomova mahalliy tarbiyadan kelib chiqib, ayol albatta erining so’zidan chiqmasligi, deydi.

Uning fikricha, oilada er baland turishi, xotin oila ahilligi uchun erning so’zidan chiqmasligi kerak. Rossiya va G'arbdan o'rnak olmaslik kerak, deydi u.

Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari
Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari

“Ularning mafkurasi buzuq. Televizorda shunday narsalarni ko’rsatadiki, odam hayratdan yoqa ushlaydi. Bu tarbiya bizga to’g’ri kelmaydi, sharq odobini buzadi. Keksalar bekorga aytmagan, erning haqi balandda turadi deb”.

AQSh Taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan “Ayol va jamiyat” xotin-qizlar nodavlat tashkilotining “Tadbirkor juvonlar” loyihasida ishtirok etgan Barchinoy Hoshimova oilada zo’ravonlikni qoralaydi.

Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari
Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari
Ba’zi erkaklar borki, ayolni tamom oyoq osti qilib tashlaydi, deydi u.

“Qur’onda ham xotin kishini xo’rlash, haqoratlash, pastga urish musulmonchilikka mos emas, deyiladi. Tenghuquqlilik qayerdandir kirib kelmayapti, bu dinimizga xos narsa. Ayol va erkak teng huquqli bo’lishi kerak. Ro’zg’or og’irligi ayollar bo'yniga tushayotgani erkaklarning tanballigidan, ular ishlamaydi. Hamma xotinlar ko’chada - pul topgan, so’mka ko’targan, bozor qilgan... Erkaklar esa o’tiradi aroq ichib, choyxonada shashlik yeb. Hamma ishni xotin qiladi”, - deydi Barchinoy Hoshimova.


Ro’zg’ordagi nosozliklar tufayli xotinini urib, o’ldirib qo’ygan kishining qo’shnisi, jo’rasiga tarafdor bo’lib ayolni ayblaydi. Uning aytishicha, ayb kaltak zarbidan vafot etgan ayolning o’zida.

“Bu xotin hech uyida o’tirmasdi, doim ko’chada edi. Bolalariga qaramasdi, oyisini uyiga ketib qolardi. Eriga e’tibor qaratmasdi, bechora doim shalvirab yurardi. Shundoq xotinlar borki, erni qo’g’irchoqdek qilib qo’yadi. Tushunmagan xotinni ur, o’lmasa bolta bilan tushir deyishgan. Mana shu gap to’g’ri ekan”, - deydi suhbatdosh.

Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari
Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari

Oilada ayollar xo'rlanishi, zo’ravonlik yoshlarga qattiq ta’sir o’tkazib, ularning ruhiyatini buzadi.

Oyisi bozorchi, dadasi bekorchi Farida ismli qiz “dadam va ayam urush qilsa men ham, akam ham, ukam ham bir burchakda mushukchadek qo’rqib o’tiramiz, bizlarga bu ta’sir qilaverib, hammamiz jinni bo’lib qolganmiz”, deydi.

“Oilada urush-janjal bo’laverib, hammamiz o’rganib qolganmiz. Biz endi er qilsak, akam xotin olsa, urush qilaveramiz. Biz shunaqa oilada tarbiya oldik, shunaqa bo’lib ketaveradi. Bolalarimiz ham shunaqa bo’ladi. Mani allaqachon asabim joyida emas, og’ir bo’lib o’zimni tutolmayman”, - deydi Farida.

Xo’janddagi “Gulruxsor” xotin-qizlar markazi xodimi Saboat Bobojonovaning aytishicha, keyingi yillarda oilaviy zo’ravonlik tufayli ularga murojaat qilayotganlar soni ortib bormoqda.

Markaz qoshida hozir boshpanasizlarga vaqtinchalik panohgoh tashkil etilgan. Krizis markaziga murojaat qiluvchilar soni yil sayin oshib bormoqda.

Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari
Markaziy Osiyoning tinim bilmas ayollari... Zo'ravonlik qurbonlari

“Dastlabki yillarda bizga 300-400 kishi murojaat qilgan bo’lsa, hozir ular 2800 kishiga yetmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, afsuski, jamiyatimizda oilaviy zo’ravonliklar o’sib bormoqda. Biz xotin-qizlarga bepul va maxfiy tarzda xizmat ko’rsatamiz. Maxfiylik shuning uchunki, ba’zi hollarda ayollar hayoti xavf ostida bo’ladi”, - deydi Saboat Bobojonova.

Krizis markazida ayollar farzandlari bilan birgalikda 14 kungacha qo’nim topishlari, agar huquqiy jarayon uzoqqa cho’zilsa, 3-4 oygacha qolishlari mumkin.

“Bundan 4-5 yil oldin Xo’jand shahri va yon-atrofdangina ayollar murojaat qilishgan bo’lsa, hozir respublika janubidan va hatto O’zbekiston, Qozog’iston va Rossiyadan kelib qolgan ayollar ham murojaat qilishmoqda bizga”.

Bobojonovaning aytishicha, og’ir sharoitlarda boshpanasiz qolgan ayollarga vaqtinchalik panohgohni tashkil etishda AQSh hukumatining ko’magi katta bo’lgan.

“2005-2008 yillarda AQSh hukumati 12 kishiga mo’ljallangan boshpana tashkil etilishini to’la moliyalashtirdi. Bu yerda ayollar farzandlari bilan yashashlari uchun hamma sharoit yaratilgan. Ikkinchi marta esa AQShning Tojikistondagi elchixonasi boshpana jihozlariga yetarli mablag’ ajratdi”, - deydi u.

Markazdan madad olgan bir tojik ayoli okean ortida turib Amerika hukumati oilamni saqlab qoldi, lekin o’zimizni tadbirkorlar bu yerga yordam ko’rsatmaydi, buni qanday tushunish mumkin, deb mahalliy ishbilarmonlardan ranjiydi.

Uning fikricha, jamiyatning o’zi jinsiy tenglikni tan olmas ekan, u oldinga siljimaydi.

Dunyo bo'ylab xotin-qizlar ahvoli haqida ma'lumot

  • Ayollar global ishchi kuchining 40 foizdan oshig'ini tashkil etadi.
  • Deyarli barcha mamlakatlarda qizlar boshlang'ich maktabda o'qish imkoniyatiga ega. Maorif va ta'lim sohasida og'il bola va qizlarga teng qarab, birdek o'qitish jadal tarzda rivojlanib bormoqda.
  • 1980-yildan beri ayollar dunyoda erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashi kuzatilmoqda.
  • Hech bir jamiyat ayolning iqtisodiy va siyosiy ishtirokisiz rivojlana olmasligi qayta va qayta isbotlangan fakt.
  • Qullikka majburlanayotganlarning aksariyati - xotin-qizlar.
  • Ko'plab jamiyatlarda ayollarga kam maosh to'lanadi. Ish joyida jinsiy kamsitish hollari kuzatiladi.
  • Ko'plab jamiyatlarda ayollar qaror qilish imkoniyatiga ega emas. Ular o'z hayotini o'zi nazorat qilmaydi.
  • Manba: Jahon Banki

Afg'oniston ayollari ham zo'ravonlikdan dod deydi

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG