Breaking News

Deputatlar, faol ayollar bugungi zamon va talab haqida nima deydi?


Deputatlar, faol ayollar bugungi zamon va talab haqida nima deydi?
Deputatlar, faol ayollar bugungi zamon va talab haqida nima deydi?

Bugun Bishkekda Markaziy Osiyo va Afg’oniston ayollari uchun iqtisodiy simpozium nihoyasiga yetdi. Qatnashchilar yurtiga yangi umid va g’oyalar bilan qaytmoqda.

Anjumanning eng muhim samarasi, deydi ular, turli mamlakat ayollari o’rtasida o’zaro aloqa o’rnatilayotganidir.

O’shlik Dilnora Qurbonova: “Hozirgi vaqtda Qirg’izistonda ayollarga ko’p yordam berilmoqda. Ayollar ham o’z ustida ishlashi, izlanishi kerak. Hozir davlat tomonidan kichik kreditlar berilmoqda. Ulardan to’g’ri foydalansa, keyinchalik katta katta kreditlar olib, ishlarini davom ettirishi mumkin. Bu yerda ko’proq biznes sohasi egalari, tadbirkorlar to’planibdi. Ular bilan tanishib, bir-birimizga qanday yordam berishim mumkinligi haqida gaplashayapmiz. Fikr almashayapmiz. Ishimizda qo’la keladi”.

AQSh Davlat departamentida Markaziy Osiyo uchun mas'ul Syuzan Elliot mintaqa ayollariga katta yordam va yangi loyihalar va'da qildi
AQSh Davlat departamentida Markaziy Osiyo uchun mas'ul Syuzan Elliot mintaqa ayollariga katta yordam va yangi loyihalar va'da qildi

Amerikadan bu ayollar qanday yordam kutmoqda?

O’shlik Dilnora Qurbonova: “Maktab sohasida gapirsam, AQSh elchixonasi bilan hamkorlik qilayapmiz. Loyiha yozib, grant oldik. Maktabimizga 10 ming dollarlik narsa berishdi. Men o’zim o’tgan yili sentabr oyida Vashington shahri va Pensilvaniya shtatiga borib keldim, “Ochiq Dunyo” dasturi orqali. O’ylaymanki, biznes bobida ham, ayollarga ham bu davlatning ko’p yordami tekkan bo’lardi”.

Qozog’iston deputati Oygul Solovyova fikricha boshgaruv tizimlarida ayollar safini kengaytirish kerak. Bu, deydi u, korrupsiyani kamaytirgan bo’lardi.

“Bilasizmi, Qozog’istonda ichki yalpi mahsulotning 40 foizi ayollar hissasiga to’g’ri keladi. Bu ancha yuqori ko’rsatkich. Muammo shundaki, boshqaruv piramidasida asosan erkaklar turibdi. Qaror qabul qilishda asosiy rolni erkaklar o’ynaydi. Ayollarni hukumat ishi va siyosatga ko’proq jalb etish kerak”,- deydi Solovyova.

Simpoziumda Markaziy Osiyodan, O'zbekistondan tashqari, barcha respublikalardan deputatlar, tadbirkorlar, rasmiylar va faollar qatnashdi
Simpoziumda Markaziy Osiyodan, O'zbekistondan tashqari, barcha respublikalardan deputatlar, tadbirkorlar, rasmiylar va faollar qatnashdi

Deputat nazarida hozirgi tadbirkor ayollar toza va puxta ishlaydi hamda keng mushohada yuritadi.

“Ishbilarmon ayollar insonparvarlikni ko’zlaydi. Ijtimoiy dasturlar orqali atrofidagi odamlarga yordam ko’rsatadi. Boshqalarni faollikka undaydi”,- deydi u.

Hukumat va umuman jamiyat xotin-qizlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar kengaytirish yo’lida nima qilishi mumkin?

Tashabbuskor ayollarni qo'llab-quvvatlash va ular boshqalarni ham ergashtirishi uchun yordam berish kerak, deydi qatnashchilar
Tashabbuskor ayollarni qo'llab-quvvatlash va ular boshqalarni ham ergashtirishi uchun yordam berish kerak, deydi qatnashchilar

“Bu anjuman “Muvaffaqiyat stratefiyasi” deb bejiz nomlanmagan. Aytaylik, mikrokredit bilan ta’minlash juda muhim, lekin bu bilan cheklanmaslik kerak. Faol ayollar kichik biznesdan kattaroq ishlarga ham o’ta olsin, bu borada yordam berish kerak”,- deydi Qozog’iston deputati Oygul Solovyova.

Oynura Oltaboyeva Qirg’iziston parlamentining Byudjet va moliya bo’yicha qo’mitasi a’zosi.

“Men uchun qo’shni mamlakatlarda ayollar tadbirkorligi masalasida qonunchilik, tashabbuslar, normativlar va huquqiy aktlar juda qiziqarlidir. Bizda ham bu borada qilinadigan ishlar ko’p. O’ylamanki, biz qonunchiqaruvchilar uchun bu anjuman katta oziqa beradi”,- deydi Oltaboyeva.

Prezident Roza Otunbayeva fikricha mikrokredit berish xotin-qizlarni iqtisodga jalb etishning effektiv yo'lidir
Prezident Roza Otunbayeva fikricha mikrokredit berish xotin-qizlarni iqtisodga jalb etishning effektiv yo'lidir

Janubiy Qirg’izistonda tadbirkor ayollar qo’shni Afg’oniston bilan savdo-sotiqni yo’lga qo’yish niyatida. Bu borada reja tuzib chiqilgan.

Xo’sh, mintaqa ayollari qay yonalishlarda hamkorlik qilishi mumkin?

“To’qimachilik, xalq hunarmandchiligi… Menimcha, qishloq xo’jaligida ham hamkorlik imkoniyatlari oz emas”,- deydi Oynura Oltaboyeva.

Uning fikricha, Markaziy Osiyo respublikalari Afg’oniston xalq xo’jaligini tiklashda mutaxassis yetkazib berishi, qurilish, energetika, ta’lim, sog’liqni saqlash masalalarida katta ko’mak ko’rsatishga qodir. Ayniqsa, ta’lim va tibbiyotda xotin-qizlar mintaqada yetakchilik qiladi va bu sohalarda Afg’onistonga madad ko’rsata oladi.

18-20 iyul kunlari Bishkekda o'tgan simpozium tashkilotchisi, AQSh maxsus elchisi Melan Vervir (Melanne Verveer) bilan suhbatni tomosha qiling:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG