Breaking News

Markaziy Osiyo va Afg'oniston ayollari iqtisodiy simpoziumi


Bishkekda 100 ga yaqin faol ayollar uch kunlik anjumanga yig'ilgan
Bishkekda 100 ga yaqin faol ayollar uch kunlik anjumanga yig'ilgan

Bugun Bishkekda Qirg’iziston prezidenti Roza Otunbayeva Markaziy Osiyo va Afg’oniston ayollari iqtisodiy simpoziumini ochib berdi.

Amerika homiyligida o’tayotgan uch kunlik anjumandan maqsad, deydi maxsus elchi Melan Vervir (Melanne Verveer) "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, mintaqa xotin-qizlarini qiynayotgan muammolar haqida gaplashib olish. Ayollarni iqtisod va siyosatga jalb etish uchun yangi loyihalar boshlash.

Qolaversa, Markaziy Osiyo va Afg’oniston ayollari orasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish, mavjud tashabbus va g’oyalarni qo’llab-quvvatlash.

Roza Otumbayeva va Robert Bleyk simpozium qatnashchilarining savollariga javob bermoqda
Roza Otumbayeva va Robert Bleyk simpozium qatnashchilarining savollariga javob bermoqda

Bishkekda ayni damda 100 ga yaqin arboblar, xususan ziyolilar, tadbirkorlar, siyosatchi va faollar yig’ilgan.

Anjumanda O’zbekistondan biror qatnashchi ko’rinmaydi, Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi xodimlarini hisobga olmasak.

Simpozium Ola Archa oromgohida, davlat rahbarining rezidensiyasida o'tayotir.

Prezident Roza Otunbayeva fikricha xotin-qizlarni iqtisodga tortish nafaqat Markaziy Osiyo va Afg'oniston, balki butun dunyo bo'ylab dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

Iqtisodiy imkoniyatlar yaratish - kunning asosiy mavzusi
Iqtisodiy imkoniyatlar yaratish - kunning asosiy mavzusi

Inson taraqqiyoti va mavjud kapital uchun sarmoya qilmasa, taraqqiyot bo'lmaydi, deydi Otunbayeva.

"Ayollar iqtisodni oldinga surishda katta kuch",- deydi prezident.

Uning nazarida Markaziy Osiyoda bilimli, uquvli, yuqori tajriba va salohiyatga ega ayollar ko'p. Ularga yo'l ochilishi, imkoniyat berilishi, xotin-qizlarni iqtisod va siyosatga ko'proq jalb etish kerak, deydi Otunbayeva.

Tadbirkor ayollar vatanlaridagi moliya tizimlari ular uchun yaxshiroq xizmat qilishini istaydi
Tadbirkor ayollar vatanlaridagi moliya tizimlari ular uchun yaxshiroq xizmat qilishini istaydi

Ayollar haq-huquqlarini muhofaza qilishda nohukumat tashkilotlarning roli katta. Hozirda Qirg'izistonda kichik korxonalarda ishlaydiganlarning 50-60 foizi xotin-qizlardir.

Ishbilarmon va tadbirkor ayollar kredit olishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Qashshoqlik ayniqsa xotin-qizlar hayoti bilan bog'liq muammo, deydi Otunbayeva.

Afg'oniston ayollari oldida hamon qator to'siqlar turibdi, deydi bu mamlakatdan kelgan mehmonlar
Afg'oniston ayollari oldida hamon qator to'siqlar turibdi, deydi bu mamlakatdan kelgan mehmonlar

Bu anjumandan nima kutayapsiz degan savolga AQSh maxsus elchisi, ayollar masalasi bo'yicha global vakil Melan Vervir shunday javob beradi:

"Xotin-qizlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar kengayib, ularning bu sohaga faolroq harakat qilishini".

Ayollar zarur bilim olib, malaka oshirib, o'z g'oya va tashabbuslarini amalga oshirishi uchun sharoit yaratilishi lozim, deydi Vervir xonim. Biznes boshlamoqchi bo'lgan ayol oldida bugun qanday imkoniyatlar bor? To'siqlar va muammolar?

Hukumat va nohukumat tashkilotlar, xalqaro hamjamiyat mana shu masalalarga e'tibor berishi maqsadga muvofiq, deydi Melan Vervir. Sarmoya masalasi, zamonaviy texnologiyalar taqchilligi va hokazo.

O'zbekistondan biror qatnashchi ko'rinmaydi, AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimlarini hisobga olmaganda
O'zbekistondan biror qatnashchi ko'rinmaydi, AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimlarini hisobga olmaganda

Ayollarning ichki va tashqi bozorga chiqishi amri mahol, deydi AQSh diplomati, shu bois xotin-qizlarni bu borada quvvatlash har qanday hukumat uchun muhim vazifa.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Robert Bleyk deydiki, barqaror va demokratik jamiyat barpo etishda xotin-qizlarning roli beqiyos.

Amerika, deydi u, mintaqani quvvatlashda davom etadi.

"Biz sizning istiqbolingizga ishonamiz",- deydi u.

Mintaqa xotin-qizlar orasidagi hamkorlikni oshirish kerak, deydi ishtirokchilar
Mintaqa xotin-qizlar orasidagi hamkorlikni oshirish kerak, deydi ishtirokchilar

Obama ma'muriyati, avvalgi prezident Jorj Bush davrida boshlangan siyosatni davom ettirgan holda, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyoni bir-biri bilan bog'lash, oradagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va ayniqsa Afg'onistonni qayta tiklashda mintaqa davlatlari rolini oshirishga urinmoqda.

"Afg'onistonda tinchlikka erishish va butun mintaqa barqarorligini ta'minlash uchun davlatlar birga ishlashga majbur",- deydi Robert Bleyk.

Simpoziumda siyosatchi, tadbirkor, ziyoli va faol ayollar fikr almashmoqda, bir-biri bilan tanishib, mamlakatidagi vaziyat haqida axborot bermoqda. Bu asosiy muddao, deydi tashkilotchilar.

XS
SM
MD
LG