Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Afg’onistonga safari chog’ida ayol tadbirkorlar bilan uchrashib, qishloq xo’jaligi, texnologiya, san’at va jismoniy tarbiya sohalariga sarmoyalar berilishini e’lon qildi.
Afg’onistonda Tolibon boshqaruvi tugaganidan beri ayollar iqtisodiyotni tirab turgan kuchga aylangan. Oxirgi 10 yilda yalpi ichki mahsuloti besh karra o’sgan mamlakatda xotin-qizlar tomonidan yuritiluvchi 1600 dan ziyod biznes bor.
Nilufar Saxi Afg’onistondagi Amerika Universitetida Xotin-qizlar iqtisodiy taraqqiyot markazini boshqaradi.
“Ayollar ishlashayapti va asosiy ishchi kuchi shular desa ham bo’ladi. Hukumatda, parlamentda ham xotin-qizlar bosh. Ularni osonlikcha taslim qilib bo’lmaydi, chunki bilimi, xalqaro sahnada qo’llab-quvvatlovi bor. Ma’lumoti, o’zini himoya qilish uchun tajribasi yetarli”, - deydi Nilufar Saxi.
Davlat kotibi Jon Kerri Kobulga safari paytida ayrim ishbilarmon ayollar bilan ko’rishdi. 25 yoshli Roya Mahbub kompyuter kompaniyasini yuritadi.
“Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar Facebook, Twitter va YouTube ning imkoniyatlaridan foydalanib, sifatli mahsulot tayyorlashga harakat qilamiz”, - deydi Roya Mahbub.
Uning firmasi dariy tili uchun tarjima dasturini ishlab chiqqan. Mahsulot bozorbop, millionlab odamlar foydalanadi undan.
Mahbub, ayniqsa, 40 maktabda bolalar uchun texnologik mashqlar programmasini yaratganini faxr bilan tilga oladi. Qizlarning bilimini va imkoniyatlarini oshiradi bu, deydi ayol. Dasturni ishlab chiqishda nyu-yorklik tadbirkor Franchesko Rulli yordam berdi.
“Qizlar uchun asosiy darslardan keyin biror kompyuter kursiga qatnash qiyin, ota-onalar ruxsat bermaydi, puli ham yo’q oilalarning. Maktablar qoshida bepul kurslar taklif qilamiz. O’qishni bitirgandan keyin ham uydan turib onlayn kompaniyada ishlashlari mumkin shunda”, - deydi Roya Mahbub.
Uning aytishicha, internet va ijtimoiy tarmoqlar qiz-juvonlarda o’ziga ishonch paydo qiladi. Ular bemalol fikr bildirib bahslashadi. Hech kim “Nega ko’chaga chiqding? Nega erkaklar bilan gaplashding?” deb dag’dag’a qilmaydi.
“Ayollar bilimini oshiradi. Hamma bilan teng fikr bildiradi, sohada erkaklar qatori malakasini yaxshilaydi”, - deydi Roya Mahbub.
Afg’onistondagi Amerika Universitetida bu yil o’qishga kirganlarning yarmi xotin-qizlar. Bugun ular o’zidan katta ayol arboblardan ilhom olayapti, deydi Saxi.
“Parlamentda ayollar siyosiy huquqlar haqida bahslashayotgani, biznes olamiga kirib, Malayziya, Dubayda savdo qilayotgani, xalqaro sahnada nom qozonayotganini ko’rish bu qizlarga dalda beradi. Eski qoliplardan xalos bo’lishga ko’maklashadi”, - deydi ayol.
Ikki qizning onasi Saxi o’z farzandlari uchun namuna. Qizlar hech kimdan, ayniqsa, o’g’il bolalardan kam emasligini biladi.