Breaking News

Afg'on ayollari: Hukumat bizni himoya qilsin


Toliblar bir ayolni zinoda ayblab, Afg'onistonning Parvon viloyatida uni omma oldida qatl etdi, Voqea iyun oyi so'nggida bo'lgani aytiladi. 2012-yil.
Toliblar bir ayolni zinoda ayblab, Afg'onistonning Parvon viloyatida uni omma oldida qatl etdi, Voqea iyun oyi so'nggida bo'lgani aytiladi. 2012-yil.
Afg’onistonning Parvon viloyatida omma ko’z oldida bir ayolning qatl etilishi jamoatchilikni junbushga keltirdi. Poytaxt Kobulda 150 ka yaqin odam norozilik namoyishi qildi. Ayollar huquqlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar xotin-qizlar kelajagidan tashvishda.

Ma’lum bo’lishicha, voqea o’tgan oy sodir bo’lgan. Manzara videoga tushirilib, telestansiyalarga yuborilgan, internetda joylangan. Unda toliblar bir ayolni yaqindan turib otgani tasvirlanadi. Qatlni tomosha qilgan erkaklar esa huzur olgandek, qiy-chuv qiladi. Tolibon ayolni zinoda aybladi.

Prezident Hamid Karzay va AQShning Afg’onistondagi qo’shinlari qo’mondoni general Jon Allen voqeani qoraladi.

Kobuldagi namoyishda aktivist ayollar ishtirok etib, qotillarni jazolashni talab qilgan. Inson huquqlari bo’yicha mustaqil komissiya rahbari Sima Samarning aytishicha, hukumat bu hollarga panja orasidan qaramasligi kerak.

"Jinoyatchilarni hibsga olib, qotillarni ham, buyurtmachilarni ham sud qilish kerak. Hukumat bu ishni nazoratga olishi lozim", - deydi Samar.

Prezident Karzay voqeani tergov qilishni buyurdi. Afg’onistonda toliblar hukmron davrda ayollar yolg’iz ko’chaga chiqolmas, ta’lim olishi yoki ishlashi man etilgan edi.

Bugun xotin-qizlarning ahvoli ancha yaxshi. Ularni turli sohalarda ko’rish mumkin, qonunchilar orasida ham ayollar bor. Lekin xavotir shuki, xalqaro qo’shinlar kelasi yili mamlakatni tark etsa, toliblar yana kuchayib, ayollar huquqlari cheklanishi mumkin.

Ular inson huquqlariga befarq, deydi Parvon viloyati hokimi Bassir Salangi.

"Ular odamlarni uyga olib kirib, o’zlaricha sud qilishadi, shariat qonunlarini pesh qilishadi. O’ldirishdan ham toyishmaydi. Shariatga ko’ra, to’rt nafar guvoh bo’lsagina, insonni zinoda aybdor deb topsa bo’ladi. Ammo guvohlarni topishga ko’p vaqt ketadi, Tolibon esa o’zini qiynamasdan, hukmni tez chiqarib, darrov ijro etmoqda. Ularning qanaqaligini shundan ham bilsa bo’ladi", - deydi hokim.

Afg’on parlamentidagi qonunchi ayol Favziya Kofiyning aytishicha, qatl etilgan ayol zino qilgan taqdirda ham sud qilinishi, o’zini himoya qilishga huquqi bo’lishi kerak edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG