Afg’onistonning uch yerida jangari xurujlarida kamida 17 kishi halok bo’lgan.
Hirot viloyatining Karux tumanida tunda qurilish obyektiga bostirib kirilgan. To’qqiz ishchi o’ldirilgan.
Hilmand viloyatining Marhag tumanida esa yo’lga qo’yilgan bomba portlab, bir oila nobud bo’lgan, ota-ona va ularning bolalari.
Hilmandning boshqa bir burchagida yuz bergan portlashda uch ayol o’lgan.
Tolibon bombalar bilan mahalliy harbiylar va Amerika kuchlarini nishonga olayotganini aytadi. Lekin ulardan aksariyat hollarda fuqarolar jabr ko’rmoqda.
Kobuldagi rahbarlar deydiki, jangarilar shu tariqa xalqning la’natiga uchrab, bu jamiyatdan yanada uzoqlashmoqda. Afg’onlar orasida toliblarga o’rin yo’q, deydi rasmiylar.