Breaking News

Markaziy Osiyo davlatlari Afg'oniston muloqotiga qo'shilishi mumkin


2016-yil davomida Afg'onistonda “Islomiy davlat”ning hujumlari soni 10 barobar ortgan.
2016-yil davomida Afg'onistonda “Islomiy davlat”ning hujumlari soni 10 barobar ortgan.

15-fevral kuni Moskvada Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha navbatdagi xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. Unda kelajakdagi muloqotlarda Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokini kuchaytirish masalasi ko'tarilgan.

Uchrashuvda Afg'oniston vakillari bilan birga Rossiya, Pokiston, Xitoy, Eron va Hindistondan ham rasmiylar qatnashgan.

"Muzokaralar formatining ehtimoliy kengayishini hisobga olib, Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan mintaqaviy harakatlarning navbatdagi bosqichiga boshqa mamlakatlarni, asosan, Markaziy Osiyodan vakillarni ham jalb qilishga kelishib oldik", - deya bayonot berdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

Rossiyaning aytishicha, ekstremist guruhlarni, xususan, “Islomiy davlat”ni yengish uchun mintaqada hamkorlik va barqarorlik zarur. Lekin rasmiy Kobul Moskvaning Tolibon bilan to’g’ridan to’g’ri muloqot qilayotganidan norozi. Shuningdek, AQSh bu harakatlarning shu paytgacha erishilgan yutuqlarga zarar yetkazishini aytmoqda.

Moskvadagi muloqotda Vashington qatnashayotgani yo’q.

Uchrashuvlarning birinchi bosqichiga Afg’onistonning taklif etilmagani Kobulda va Vashingtonda nozoriliklarga sabab bo’lgan edi.

BMT ma’lumotiga ko’ra, Afg’onistondagi o’lim holatlarining aksariyatiga Tolibon aybdor. Ayni paytda, mamlakatda 2016-yil davomida “Islomiy davlat”ning hujumlari soni 10 barobar ortgan.

AQSh rasmiylariga ko’ra, Rossiyaning Tolibon bilan aloqa qilishi, xususan, Eron va Pokiston bilan shu mavzuda muzokaralar o’tkazishi guruhga huquqiy maqom berib, Afg’oniston hukumati va NATOning ekstremistlarga qarshi olib borayotgan kurashiga pand beradi.

Afg’onistondagi yetakchi AQSh qo’mondonining aytishicha, bu o’lkadagi xavfni bartaraf etish uchun qo’shimcha minglab AQSh askarlariga ehtiyoj bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG