Breaking News

Afg'oniston hududini minalardan tozalashda xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj


Xalqaro hamjamiyatning Afg’onistonda Tolibon hukumatini yakkalatish siyosati salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, mamlakatni minalardan tozalashda.

Xalqaro hayot - 7-iyul, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:03 0:00

Afg’oniston kasalxonalari deyarli har kuni minalarga duch kelib mayib bo’layotgan odamlarni qabul qilmoqda. Sentabrdan martga qadar 300 ga yaqin bola portlamay qolgan moddalardan o’lgan yoki jiddiy jarohat olgan.

Shabbona ismli bir kasalxona xodimining o’zi 15 yil oldin ana shunday vaziyatda oyoqlaridan ajralgan edi.

"O’shanda 7 yoshda edim. Mina nima ekanini tushunmasdim. Shulardan birini bosdimu, ikki oyog’imdan ajraldim”, - deydi u.

Hududlarni minalardan tozalashda, asosan, xalqaro tashkilotlar shug’ullanadi. O’tgan yil yozida Tolibon hokimiyatga kelishi bilan xalqaro qo’shinlar Afg’onistonni tark etishi va mamlakat bo’ylab harbiy harakatlarning to’xtagani Afg’onistonni minalardan tozalash uchun yaxshi imkoniyat paydo bo’ldi. Biroq xalqaro hamjamiyat Tolibonni qizlar va ayollar huquqlarini cheklayotganlikda ayblab, yordam dasturlarini muzlatib qo’ydi.

Natijada Afg’oniston hukumatida minalardan tozalash dasturiga mas’ul idora salkam 3 million dollarlik byudjetidan ayrildi. Aprel oyida tashkilotni 120 xodim tark etdi.

"Afg’oniston dunyoda minalar eng ko’p joylangan mamlakat hisoblanadi. Har oy yuzdan oshiq odam minalarga duch keladi”, - deydi Daniya qochqinlar kengashi bosh kotibasi Sharlot Slente.

G’arb davlatlari Tolibon bilan hamkorlikni o’rnatib, zarur mablag’ bilan ta’minlamas ekan, tinch aholi o’lishda va mayib bo’lishda davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG