Breaking News

Zalmay Rasul prezidentlikka Abdulla Abdullani loyiq ko'rdi


Abdulla Abdulla, Zalmay Rasul Kobuldagi matbuot anjumanida. 11-may, 2014-yil.
Abdulla Abdulla, Zalmay Rasul Kobuldagi matbuot anjumanida. 11-may, 2014-yil.

Zalmay Rasul apreldagi saylovning birinchi bosqichida uchinchi o’rinni egallagan edi. U sobiq rashqi ishlar vaziri Abdullani yoqlashini ma’lum qildi.

Afg’onistonda prezident saylovlarida oldinda ketayotgan nomzodlardan biri Abdulla Abdulla kuchli raqibining qo’llab-quvvatlovini oldi. Shu bilan u yirik koalitsiya sari qadam qo’ydi.

Zalmay Rasul apreldagi saylovning birinchi bosqichida uchinchi o’rinni egallagan edi. U bugun Kobulda jurnalistlar bilan ko’rishib, sobiq rashqi ishlar vaziri Abdullani yoqlashini ma’lum qildi.

Afg’oniston mojarolar, tarqoqlik, millatchilik, ayirmachilikdan to’ygan, deydi Zalmay Rasul. Xalq birdamlikni istaydi, deydi u.

Saylovning ikkinchi bosqichida Abdulla Jahon bankining sobiq rasmiysi Ashraf G’ani bilan kuch sinashadi.

Abdullaning aytishicha, Rasulning qarori Afg’onistonni elatlararo, diniy adovat girdobida ko’rishni xohlagan dushmanlarni ranjitgani aniq. “Mamlakatni qayta qurish uchun birlashdik”, - deydi u.

Rasuldan oldin Qandahor sobiq hokimi Gul Og’a Sherzoy ham o’tgan hafta Abdulla Abdullani qo’llab chiqdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG