Breaking News

Faryobda to'qnashuvlar davom etmoqda


Afg'onistonning Faryob viloyati Qo’rmoch tumani so’nggi bir haftada qonli to’qnashuvlarga guvoh bo’ldi. Qariyb 50 harbiy o’lgan. Toliblardan 200 jangari halok bo’lgan.

Bu yerdagi janglarga Vitse-prezident, general Abdul Rashid Do’stum rahbarlik qilmoqda.

Janglar davom etar ekan, ba’zi axborot vositalari Do’stumning yaralangani haqida ma’lumot chiqargan edi. Lekin u bu xabarlarni rad etdi.

Lekin general Tolibon pistirmasiga duch kelgani va zirhli vositalariga zarar yetganini rad etmadi. Otishmalar natijasida 15 nafar harbiy jon bergan va 20 nafari yaralangan.

Manbalarga ko’ra, Faryobdagi toliblar soni 5000 nafarga yaqin. Ularning qariyb 2000 nafari Qo’rmoch tumanida harbiylar bilan jang qilmoqda.

17-oktabr kuni toliblar Faryobning aeroporti va harbiy bazaga hujum qilgan. Lekin harbiylar mudofaasi natijasida ortga chekingan.

Bu orada, Faryob va Juzjon viloyatining nufuzli kishilari qurol ko’tarib vatanni qo’riqlishda hissa qo’shishini e’lon qilgan.

Faryob viloyatida Tolibonga qarshi kurash
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:26 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG