Afg’onistonning Bag’lon viloyatida suv toshqinlaridan 6-7 iyun kunlari 50 kishi nobud bo’lgan. Ayniqsa Guzirgai Nur tumanida vaziyat xarob. Yuzlab odamlar bedarak ketgan. Asosan bolalar va ayollar jabr ko’rgan. Afg’onlarning aytishicha, qishloqlarda uylar tabiiy ofatlarga chidamli emas. Bu yilgi sellarda o’nlab qishloqlar tekislanib ketdi, deydi mahalliy rasmiylar. Qutqarish va tiklash ishlari juda sekin.
Afg'onistonda bahor og'ir keldi - suv toshqinlari va yer ko'chishi natijasida minglab odam o'ldi
- Amerika Ovozi