Breaking News

Afg'oniston o'z talabalarini o'qish uchun Pokistonga jo'natmoqda


Afg'onistonning Pokistondagi elchisi Janan Musazoy (o'ngda) Lohur universitetida ta'lim bo'yicha memorandum imzolamoqda.
Afg'onistonning Pokistondagi elchisi Janan Musazoy (o'ngda) Lohur universitetida ta'lim bo'yicha memorandum imzolamoqda.

Afg'oniston fuqarolarining xorijda oliy ta'lim olishini moliyalash bo'yicha o'zining ilk bitimini imzoladi. Talabalar uchun Pokiston mezbon sifatida tanlanishi ikki mamlakat aloqalari ijobiy tomonga o'zgarayotganidan darak beradi.

Afg'onistonlik talabalar Pokistonda, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:15 0:00

Yangi bitimni e'lon qilish marosimi kichik davrada o'tdi. Ammo uning ahamiyati Afg'oniston-Pokiston aloqalari uchun ulkan.

Afg'onistonning Pokistondagi elchisi Janan Musazoy Boshqaruv fanlari bo'yicha Lohur universiteti bilan ta'lim bo'yicha memorandum imzoladi.

Tolibon hokimiyatdan ag'darilgandan beri Afg'oniston ilk bor o'z talabalarini davlat moliyasi hisobiga xorijga o'qishga jo'natmoqda. Mezbon universitet sifatida Pokistondagi oliy yurtining tanlangani ikki davlat munosabatlari ancha iliqlashganidan darak beradi. Prezident Hamid Karzay davrida Islomobod bilan aloqalar tarang edi.

So'nggi paytlarda Kobul va Islomobod xavfsizlik bo'yicha ham hamkorlikni kuchaytirmoqda. Elchi Musazoyning aytishicha, Prezident Hamid Karzay bu hamkorlikni boshqa sohalarga ham ko'chirmoqchi.

"Afg'oniston va Pokistonni, ikki mamlakat universitetlari, ikki davlat talabalari va ziyolilarini bir-biriga bog'lashda grantlar dasturi yana bir ko'prik vazifasini o'tashini istaymiz. Odamlar orasida yaqinroq aloqa bog'lashning eng yaxshi yo'li shu", - deydi diplomat.

Loyiha uchun Afg'oniston bir million, Pokiston esa ikki million dollar ajratmoqda.

Taxminan 10 talaba shu yilning yozida Lohur universitetiga kelishi kutilyapti.

Elchi Musazoy ular orasida ayollar ham bo'lishini ta'kidladi.

Ammo ikki mamlakat aloqalarining bunday iliqlashuvi yangilik va hali barqaror emas.

Afg'on Tolibonini muzokara stoliga qaytarishda Afg'oniston hanuz Pokiston yordamidan umid qilmoqda. Agar bu amalga oshmasa, Prezident Ashraf G'anining umidlari puchga chiqishi mumkin.

Lohur universiteti rahbari Suhayl Naqviyning aytishicha, ta'lim dasturining kelajagi shunga bog'liq.

"Yomonlik oldida ularning yanada kuchliroq va qat'iyroq bo'lib borayotganlarini ko'ryapman. Bu dastur yanada kengayishiga ishonchim komil", - deydi u.

Tomonlar kelajakda dastur uchun moddiy yordam oshirilishidan umidvor. Bunday loyihalar nafaqat talabalarni, balki mutaxassislar malakasini oshirish kabi dasturlarni ham o'z ichiga olishi kerak, deb hisoblayotganlar bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG