Breaking News

NATO mudofaa vazirlari Bryusselda


NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari Bryusselda yig’ilib, 2014-yildan keyingi Afg’oniston haqida gaplashmoqda.

AQSh va Afg’oniston o’rtasida xavfsizlik yuzasidan kelishuv kun tartibidagi asosiy mavzulardan.

Bitim mahalliy armiyani mashqdan o’tkazib qo’llab-quvvatlash, xalqaro koalitsiya ketganidan keyin qancha askarni qoldirish va qanday amaliyotlarda qatnashish kabi savollarga aniqlik kiritadi.

Hujjat noyabrda afg’on mutasaddilari, oqsoqol va qonunchilari tomonidan ko’rib chiqilishi kerak. AQSh va Afg’oniston rasmiylari bitim ma’qullanishiga ishonch bildirmoqda.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen nazarida shu paytgacha erishilgan yutuqlardan afg’on xalqi faxrlansa arziydi.

Mahalliy armiya joriy yilda janglar avj pallaga chiqqanida haftasida 100 askarini qo'ldan boy bergan. Lekin, deydi NATO rasmiylari, afg'on harbiylari va politsiya oxirgi paytlarda talofatlar sonini kamaytirishga muvaffaq bo'lgan. Bu yutuqni qo'ldan boy bermaslik uchun xavfsizlikka doir bitimni imkon qadar tez ma'qullash zarur, deydi ular.

Hujjatda eng ko'p bahsga sabab bo'layotgan masala - AQSh qo'shinlari mamlakatda qolgan taqdirda qaysi davlat qonunlariga bo'ysinishi lozim? Afg'oniston tarafi dokumentni tasdiqlamasa, Amerika birorta askarini qoldirmay, mamlakatdan chiqib ketishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG