Breaking News

Pokiston bir necha tolibni qamoqdan qo’yib yubordi


Afg’onistondagi toliblar Pokistondagi bir necha safdoshi qamoqdan qo’yib yuborilganidan xursand. Biri Tolibon qo’mondoni Anvar ul Haq Mujohid.

Rasmiy Islomobod Afg’oniston hukumati va jangarilar o’rtasida muzokaraga sharoit yaratish uchun ayrim toliblarni turmadan chiqarishga rozi bo’lgan edi.

Bu qaror Afg’oniston Tinchlik kengashi rahbari Salohiddin Rabboniyning Pokistonga safari bilan bir paytga to’g’ri kelgan.

Tolibon qamoqdagi boshqa safdoshlari ham qo’yib yuborilishini talab qilmoqda. Ikki davlat va ikki xalq o’rtasida ishonchni tiklash uchun zarur bu, deyiladi toliblar bayonotida.

Pokiston tashqi ishlar vaziri muovini Malik Aamad so’zlariga ko’ra, qaror xalqaro hamjamiyat bilan kelishilgan holda qabul qilingan.

AQSh va Afg’oniston tomoni kecha Kobulda xavfsizlik bobida hamkorlikni muhokama qilishga kirishgan. 2014-yilda koalitsiya qo’shinlari ketgach, Amerikaning qancha askari qoladi, necha baza faoliyati davom etadi, xorij askarlari qaysi davlat qonunlariga amal qilishi kerak – mana shular ko’rib chiqilmoqda.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay nazarida Amerika harbiylari mahalliy sudlarga javob berishi lozim. Vashington esa har qanday jinoiy harakat AQSh sudlarida ko’riladi, deya javob qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG