Afg’oniston Pokistonga rasmiy shikoyat bilan murojaat etdi. Kobul e’tirozicha, dushanba kuni chegarada pokistonlik askarlar kutilmaganda afg’on chegarachilarini o’qqa tutgan.
Afg’oniston Tashqi ishlar vazirligi Islomobodga yuborgan protestda, agar Pokiston yana shunday provokatsiyaga yo’l qo’ysa, buning oqibatida ro’y beradigan ko’ngilsizliklar uchun o’zi javobgar bo’lishi haqida ogohlantirgan.
To’qnashuvda halok bo’lganlar soni haqida aniq ma’lumot yo’q. Chegarada yuz bergan otishma ortidan minglab afg’onlar ko’chaga chiqib, norozilik namoyishi o’tkazgan.
Afg’oniston Mudofaa vazirligi so’zlovchisi general Muhammad Zohir Azimiy afg’onlar Pokiston zug’umiga jim qarab turmasligini aytadi.
“Har bir afg’on askari va politsiyachi ona tuprog’imizni himoya qilish uchun jonini berishga ham tayyor. Afg’oniston xalqi o’z vatanini himoya qilish uchun o’lishga rozi”, - deydi u.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayzaz Ahmed Choudhuri tomonlarni bosiq bo’lishga chaqirdi.
“Terrorizmga qarshi kurash Afg’oniston, Pokiston va boshqa manfaatdor taraflar o’rtasida hamkorlikni talab qiladi. Afg’oniston prezidentining o’zi Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini olib borishda Pokistondan yordam so’ragan edi. Biz bunga rozi bo’ldik”, - deydi Pokiston rasmiysi.
Afg’on rasmiylarining aytishicha, chegaradagi otishmani Pokiston askarlari boshlab bergan. To’qnashuvda bir afg’on chegarachisi halok bo’lgan, ikki pokistonlik jarohatlangan.
Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay Tolibonga murojaat qilib, ularni o’z vatanini xonavayron qilish o’rniga, dushmanlarga qarshi kurashga da’vat etgan. Bu murojaatda Pokiston nomi tilga olinmagan bo’lsa-da, ko’pchilik nazarida, Karzay chaqirig’i Islomobodga qarshi qaratilgan.
Pokiston davlati vujudga kelgandan beri ikki qo’shni aloqalari tarang. 90-yillar boshida Tolibonning Afg’onistonda hokimiyatni qo’lga olishida Islomobodning hissasi katta bo’lgan.
Afg’on rasmiylari nazarida, Pokiston azaldan Afg’onistondagi jangari guruhlarni qo’llab keladi. Pokiston esa Afg’onistonni Islomobodga qarshi guruhlarga boshpana berishda ayblaydi.
Har ikki mamlakat terrorizmga qarshi kurashda AQShning yaqin ittifoqchilari sanaladi.