Breaking News

Afg'onistonlik iqtisodchi: Muammolar ildizi beqarorlikda


Afg'onistonlik ishchi paxta yigirmoqda, 9-fevral, 2016-yil
Afg'onistonlik ishchi paxta yigirmoqda, 9-fevral, 2016-yil

Afg’onistonda o’zbeklar taxminan 6 million. Ularning ko’pchiligi dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Qurg'oqchilik sabab hosildorlik pasaygan. Tirikchilik qishloq joylarda azaldan juda qiyin. Ish deyarli yo’q. Maoshga kun ko’ra olmaysiz.

Odamlarning mehnati samara bermayapti, deydi Hoji Muhammad Ustun, "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan o'zbeklardan biri.

“10 yil ilgari qurolli guruhlarga qo’shilgan odamlar juda oz edi. Neft, gaz sanoati faol edi. Har kim o’z ishi bilan mashg’ul edi. Bugun ishsizlik sabab odamlar qurolli guruhlarga qo’shilib ketayapti. Agar ular ish bilan ta’minlansa, qurolli guruhga qo’shilishga majbur bo’lmaydi”, - deydi Hoji Muhammad Ustun.

Unga ko'ra, bugun oliygohlarni bitirgan yoshlar uchun ish yo’q. Ular davlat idoralariga ishga kirmoqchi bo’lsa, aksariyati ikki-uch yillik tajriba kerak, degan talabga javob bera olmaydi. Ayni paytda oylik ham juda oz. Davlat beradigan maosh hatto kichik bir oilaning ro’zg’origa ham yetmaydi.

Iqtisodchi Abu Rayhon Intizor nazarida Afg’onistondagi muammolarning barchasi beqarorlikka borib taqaladi.Tijorat sust. Xavfsizlik ta’minlanmasa, ish o’rinlari ham yaratilmaydi, deydi mutaxassis.

“Avvallari bir odam ishlasa, 7-8 kishining xarajati uchun yetarli edi. Hozir 5 kishi ishlasa, 6 kishining xarajatini to’ldirmaydi. Buning o’zi ijtimoiy muammolarga ham sabab bo’ladi”, - deydi Abu Rayhon Intizor.

Shaharlarda ish o’rinlari ko’proq, lekin qishloq joylarda imkoniyat ko’lami juda tor. Hukumat iqtisodiy rejalar haqida bong uradi, biroq qog’ozdagi narsalar kamdan kam amalga oshiriladi. Agar bu va’dalar va loyihalar amalga oshsa, vaziyat butunlay o’zgargan bo’lar edi, deya ta’kidlaydi Abu Rayhon Intizor.

Abu Rayhon Intizor, iqtisodiy sharhlovchi
Abu Rayhon Intizor, iqtisodiy sharhlovchi

XS
SM
MD
LG