Breaking News

Vashington Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini saqlab qolishga urinayapti


Amerika diplomatlari Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini saqlab qolishga urinayapti. Kecha Afg’oniston hukumati jangarilar bilan muloqotga qat’iyan qarshimiz deb chiqqan.

Davlat departamenti matbuot kotibi Jennifer Psakining aytishicha, bosh diplomat Jon Kerri Kobulning ushbu bayonotidan keyin prezident Hamid Karzay bilan ikki bor telefonda gaplashib, fikridan qaytarishga harakat qilgan.

Rejaga ko’ra, Amerika va Tolibon vakillari bugun Qatarda uchrashishi kutilgan edi, lekin muloqot qoldirilgam.

Joriy hafta Qatar poytaxti Dohada toliblarning vakolatxonasi ochilganidan darg’azab Karzay, shuningdek, 2014-yildan keyin AQShning Afg’onistondagi harbiy roliga doir uchrashuvni ham bekor qilgan.

Karzay, ayniqsa, Tolibonning Dohadagi ofisi “Afg’oniston islomiy amirligining idorasi” deya atalayotganidan nozori.

Jennifer Psakining aytishicha, Qatar Tashqi ishlar vazirligi bu e’tirozni inobatga olib, idorani Afg’onistondagi Tolibon siyosiy qarorgohi, deya qayta nomlagan.

Bundan tashqari, Karzay fikricha, AQShning jangarilar bilan xorijda uchrashish qarori Kobulning obro’siga ziyon qiladi.

Prezident Barak Obama rasmiy Kobuldan yangrayotgan e’tirozdan hayron emas. Kelishmovchilikka qaramasdan, taraflar muloqotga qaytadi degan umiddamiz, deydi Oq uy rahbari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG