Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lum qilishicha, Afg'onistonda so'nggi ikki yilda qamoqxona va tergov izolyatorlarida qiynoqqa solishlar kamaygan, biroq hibsga olinganlarning uchdan biri o'zlariga nisbatan muomala qo'pol bo'layotganidan shikoyat qilgan.
"Qilinadigan ishlar ko'p hali. Prezident va hukumat yangilanib, muammoga e'tibor kuchaygan", - deydi BMTning Afg'onistondagi vakili Nikolas Xeysom.
Yangi milliy dasturda qiynoqqa solish amaliyotlariga barham berish ko'zda tutilgan.
BMT hisobiga ko'ra, qiynoqqa solish holatlari 14 foizga kamaygan.
Ma'lum bo'lishicha, mamlakat bo'ylab qiynoqqa solishlarni bas qilishga ko'rsatma berilgan, qamoqxonalarda tekshiruvlar kuchaytirilgan, so'roqqa tutishning muqobil usullari bo'yicha treninglar o'tkazilmoqda.
Tadqiqot natijalari 790 mahbus bilan 2013-yil fevralidan 2014-yil dekabrigacha o'tkazilgan suhbat asosida tayyorlangan.