Breaking News

Obama, Geyts Afg’onistondan askarlarni olib chiqish haqida gaplashdi


Robert Geyts nima o’ylashini oldindan aytgan. Avval yordamchi bo’limlar, so’ng jangovar qismlar juda astalik va mas’uliyat bilan olib chiqilishi lozim, deydi u.
Robert Geyts nima o’ylashini oldindan aytgan. Avval yordamchi bo’limlar, so’ng jangovar qismlar juda astalik va mas’uliyat bilan olib chiqilishi lozim, deydi u.

Afg’oniston janubida portlash ro’y berib, to’rt kishi, jumladan uch ayol o’lgan. Qandahor viloyati rasmiylarining aytishicha, yo’lovchilar mingan traktor minaning ustidan o’tib, portlagan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisob-kitobiga qaraganda, may oyi oxirgi to’rt yilda eng qonlisi bo’lib, toliblar qo’lidan 368 odam jon bergan.

AQSh armiyasi kelasi oy Afg’onistonni sekin-asta tark etishga kirishar ekan, prezident Barak Obama Mudofaa vaziri Robert Geyts bilan uchrashib, qo’shinning qanchasini, qanchalik tez olib chiqish haqida gaplashgan. Masala qattiq bahs-munozaraga sabab bo’lmoqda.

Robert Geyts nima o’ylashini oldindan aytgan. Avval yordamchi bo’limlar, so’ng jangovar qismlar juda astalik va mas’uliyat bilan olib chiqilishi lozim, deydi u.

Ommaviy axborot vositalarining rasmiylar so’zlariga tayanib xabar berishicha, 3 ming, 5 ming, undanda ko’p askar vatanga qaytishi mumkin.

Kecha Kongressda qonunchilar oldida hibosot bergan Geyts “Afg’onistonda urushning keti yo’q” deganlar adashadi dedi.

“10 yildan beri urush qilamiz. Odamlar charchagani, ta’bi xira ekanini bilaman. Lekin tinchlik yo’lida kurash ketayotgani, Afg’onistonni tashlab chiqsak oqibati nima bo’lishini ham o’ylash kerak”, - dedi Amerika mudofaa vaziri.

Hozir Afg’onistonda amerikalik 100 ming zobit xizmat qilmoqda. Taxminlarga ko’ra, prezident kelasi bir-bir yarim yilda 30 ming askarni uyga qaytarishi mumkin. Barak Obama 2009 yilda Tolibonga qarshi kampaniyaga zo’r berib, qo’shimcha tarzda aynan shuncha qo’shin jo’natgan edi.

Kongress esa Obamaga bosimni oshirmoqda. Senat Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi, demokrat Jon Kerri hisobicha, afg’on urushi uchun Amerika shu paytgacha 10 milliard dollar sarflagan. “Bunaqa xarajatni ortiq ko’tara olmaymiz, askarlar tezroq vatanga qaytsin”, - deydi Kerri.

Qonunchilar da’vosi shuki, AQSh Afg’onistonda ko’zlagan asosiy maqsadlariga erishdi: Tolibon boshqaruvi tugatilib, “al-Qoida” yetakchisi Osama bin Laden yo’q qilindi. Endi u yerda qolishdan naf yo’q.

Respublikachi senator Lindsi Grehem nazarida esa Obama strategiyasi endi ish bera boshlagan va askarlarni darrov olib chiqishga shoshmaslik kerak.

“Qo’shinlar bosqichma-bosqich qayta boshlashi kerak. Maqsad 2014 yilgacha xavfsizlikni mahalliy armiya zimmasiga yuklash. Afg’on askarlarini o’qitib, qurol bilan ta’minlab borsak, bu maqsadga erishsa bo’ladi”, - deydi senator.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG