Breaking News

Tolibon bahorgi hujumlarga kirishdi


Jalolobodda hokimiyatga hujumda o'lganlar bor.
Jalolobodda hokimiyatga hujumda o'lganlar bor.

Jalolobod, G'azni, Kobulda hukumat binolari, koalitsiya bazasi, aeroportga hamlalar uyushtirildi.

Afg’onistonda kunlar isib Tolibon bugun keng ko’lamli hujumlarga zo’r berdi.

Sharqdagi Jalolobod shahrida jangarilar adliya vazirligi binosiga hujum qilib, politsiya bilan otishma boshlagan. Ikki politsiyachi va yana to’rt fuqaro jon bergan. Uch jangari yo’q qilindi, deydi rasmiylar.

G’azni viloyatida toliblar politsiya nazorat punktini o’qqa tutgani ma’lum. O’lganlar uch kishi, shundan biri politsiyachi.

Jangarilar shuningdek Kobul xalqaro aeroporti va NATO bazasiga raketa yog’dirgani xabar qilinmoqda. Koalitsiya inshootga yengil zarar yetganini bildirmoqda.

Tolibon hukumat idoralari va xalqaro koalitsiyaga ichdan hamlalar uyushtirishi haqida ogohlantiradi.

Dushmanning kuchli himoyalangan harbiy bazalari nishonga olinadi, deydi jangarilar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG