Breaking News

Afg’oniston yoshlar orkestri AQSh bo'ylab safarda


2010-yildan beri Kobulda Milliy musiqa instituti ishlaydi. O'zining orkestri bor.
2010-yildan beri Kobulda Milliy musiqa instituti ishlaydi. O'zining orkestri bor.
Mashaqqatli janglar hamon davom etayotgan Afg’onistonda uzoq yillar taqiqlangan kuy-qo’shiqlar qayta jonlanmoqda.

Afg’oniston yoshlar orkestri Vashingtonda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00
Yuklab oling

2010-yilda, masalan, Afg’oniston yoshlar orkestri ta’sis etildi. Oxirgi 30 yilda tuzilgan birinchi orkestr. Bugun uning sozandalari Amerikaning mashhur konsert zallarida kuy ijro etayapti.

Afg’oniston yoshlar orkestri Virjiniyaning Aleksandriya shahrida afg’on jamoasiga konsert berayapti.

Kelasi bir necha kun davomida ular jahonning eng taniqli musiqa dargohlari – Vashingtondagi Kennedi markazi va Nyu-Yorkdagi Karnegi Xollda chiqish qiladi.

Orkestr asoschisi Ahmad Sarmast bu mas’uliyatli pallaga jiddiy tayyorgarlik ko’rdik, deydi:

“Yosh iste’dod vakillari musiqa olamiga endi kirgan damlaridayoq shunday noyob bir imkoniyat bilan yuzlashmoqda. Hammamiz shodmiz. Zo’r konsertlar berishga tayyormiz”.

Ansamblning Kobuldan AQShga safarini Amerikaning Afg’onistondagi elchixonasi moliyalamoqda.

Mamlakatda Tolibon boshqaruvga kelganida musiqani butkul taqiqlagan edi.

Lekin 2010-yildan beri Ahmad Sarmast Kobulda Milliy musiqa institutini yuritib keladi. Orkestr ham shu dargoh mevasi:

“Bu safardan, umuman, loyihadan maqsad Afg’onistonning jamoatchilik hali bilmagan qiyofasini namoyish etish edi. Afg’onlar haqida tasavvurni o’rgartirish edi”.

Sozandalarning yoshi 10-22 atrofida. Aksariyati yetim, qarovsiz bolalar. Orasida qizlar ham bor.

Holbuki, toliblar davrida qizlar sakkiz yoshga yetgach, maktabga qatnashi mumkin emas edi.

Violonchel chaladigan Nazira Amerikaga kelganidan boshi osmonda:

“Rosa muhim va yaxshi yil bo’ladi shekilli, qarang, Amerikada konsert o’tkazayapmiz. Har kuni ertalab soat 8 dan kunduz 3 gacha mashq qilganimiz zoye ketmadi”.

Oy boshida Vashingtonda mehmonlarni Davlat kotibi Jon Kerri qarshi oldi:

“Tinchlik elchilari yurtimizga qadam ranjida qilganidan mamnunmiz”.

Vashingtondagi Kennedi markazida, keyin esa Nyu-Yorkdagi Karnegi Xoll zalida kuy ijro etgach, bu iste’dod sohiblari vatanga, Kobulga qaytadi.

Afg'on sozandalar Amerikada konsert berdi/Afghan youth orchestra
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG