Breaking News

General Kempbel: Afg'onistonda janglar davom etyapti


Xalqaro koalitsiya kuchlari Afg'onistonni tark etar ekan, ularning bosh qo'mondoni mamlakatda hanuz janglar davom etayotganini ta'kidladi.

Koalitsiya qo'mondoni general Jon Kempbelning aytishicha, shu yilning o'zida 7 mingdan 9 minggacha afg'on askarlari o'ldirilgan yoki yaralangan. Bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan kattaroqdir.

Ayniqsa, Helmand viloyatida to'qnashuvlar miqdori oshgan, deydi general Kempbel.

Yil oxirigacha Afg'onistondagi xalqaro askarlar soni 40 mingdan 13 mingga tushiriladi. Xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha asosiy mas'uliyat mahalliy kuchlar ixtiyoriga o'tkazilmoqda.

Natijada bu yerda qolayotgan xorijlik askarlar, asosan, maslahatchilik va treninglar o'tkazish bilan shug'ullanadi, deydi tahlilchi Endryu Vaylder.

Ammo xalqaro kuchlar oldida hali qilinadigan ishlar ko'p, deydi Kempbel.

"Kuni kecha bir askarimizni boy berdik. Besh kun oldin esa yana uchta qurbon berdik. Askarlarimiz uchun sharoit hanuz og'ir", - dedi harbiy.

Kempbelning "Amerika ovozi"ga aytishicha, xalqaro askarlar ortiq yo'llarni qo'riqlas amaliyotlarida ishtirok etmayapti, ammo terrorizmga qarshi kurashda ular hanuz asosiy rolni ijro etmoqda.

Koalitsiya kuchlari mamlakatni tark etsa ham, Afg'onistonda barqarorlikni o'rnatish bo'yicha xalqaro hamjamiyat yordam berishda davom etadi, deydi harbiy qo'mondon.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG