Breaking News

Afg'onistonda xudkushlik hujumlarida 10 dan ziyod odam halok bo'ldi


Mozori Sharif yaqinida xuruj yuz bergan joy tozalanmoqda, 8-fevral, 2016-yil.
Mozori Sharif yaqinida xuruj yuz bergan joy tozalanmoqda, 8-fevral, 2016-yil.

Bugun Afg'onistonning Balx viloyatida yuz bergan Tolibon hujumida uch askar halok bo'lgan, yana 18 odam yaralangan.

Rasmiylarning aytishicha, afg'on askarlarini olib ketayotgan avtobus hujumga uchragan. Guvohlar hodisa yuz bergan joyda jami sakkizta jasad ko'rganini aytgan.

Tolibon bayonot chiqarib, hujum uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi.

Oradan bir necha soat o'tib Pokiston chegarasi yaqinidagi Paktika viloyatidagi gavjum bozorda yana bir xudkushlik hujumi yuz berib, unda kamida sakkiz fuqaro halok bo'lgan va to'qqiz kishi yaralangan. Hujumchi bozorda ovqatlanayotgan politsiya xodimlarini nishonga olgani aytilmoqda.

Nangarhar viloyatida prezident saroyini qo'riqlovchi shaxs uyiga ham hujum uyushtirilgan. Uy egasi o'ldirilgan; onasi yaralangan.

Zo'ravonliklarning yangi to'lqini Afg'oniston, Pokiston, Xitoy va AQSh rasmiylari Tolibon bilan bevosita muloqot shu oyning oxirida boshlanishi mumkinligi haqida xabar berishidan ikki kun o'tib ro'y bermoqda.

To'rt davlatdan kelgan diplomatlar shanba kuni Islomobodda yig'ilib, Afg'on tinchlik muzokaralarini jadallashtirishga kelishib olgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG