Breaking News

Janubiy Afrika sudi Umar al-Bashirni ushlashni buyurdi


Sudan Prezidenti Umar al-Bashir Afrika Ittifoqi sammitida. 14-iyun, 2015-yil.
Sudan Prezidenti Umar al-Bashir Afrika Ittifoqi sammitida. 14-iyun, 2015-yil.

Afrika rahbarlari Janubiy Afrika davlatlari sammitida yig'ilib, Burundiga qo'shin jo'natishga kelishdi.

Bu davlatda prezident uchinchi bor saylovda qatnashishga qaror qilishi ketidan ommaviy, qonli namoyishlar boshlanib ketgan. Konstitutsiyaga ko'ra, prezident ikki muhlatga saylana oladi, xolos.

Afrika Ittifoqi sammiti rasmiylarining aytishicha, bu kuchlar Burundi politsiyasiga maslahat va mashqlar bilan yordam beradi.

Bundan tashqari, ikki kunlik anjumanda Afrika qit'asini tark etayotgan qochqinlar, regionda erkin savdo hududi yaratish kabi masalalar ham ko'rildi. Tadbirga Zimbabve Prezidenti Robert Mugabe raislik qildi.

Bu orada, Sudan rahbari Umar al-Bashir Janubiy Afrika sudining qaroriga qaramasdan, Sudanga qaytgan. Bashir Afrika Ittifoqi sammitida ishtirok etayotgan edi. Sud Bashirga Janubiy Afrikada qolishni buyurgan, bu orada unga qo'yilgan xalqaro harbiy va qatliom ayblovlari asosli yoki yo'qligi ko'rib chiqilishi kerak edi.

Ma'lum bo'lishicha, Janubiy Afrika sudi Bashirni hibsga olishni, BMT qo'llab-quvvatlovini olgan Xalqaro Jinoiy sudga topshirishni buyurgan. Bu hukm ma'lum bo'lishidan bir necha soat oldin Sudan rahbari Xartumga (Sudan poytaxtiga) uchib ketgan.

Xalqaro jinoiy sud Umar al-Bashirni Sudanning Darfur mintaqasidagi qonli ixtilofda ayblaydi. Nizo 300 mingdan ziyod odamning boshini yegan, ikki million fuqaro uyini tashlab qochgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG