Sudan farzandi bo'lmish mashhur rassom Xolid Albaih Parijda o'tkir karikaturasi bilan tanilgan jurnal "Sharli Ebdo" (Charlie Hebdo) xodimlarining o'ldirilganidan afsusda.
Musulmon san'atkor o'z vatani rahbarlari va global liderlarni hajviy tasvirlab tanilgan. Uning hayotiga ham tahdidlar bo'lgan. So'z erkinligi chegara, madaniyat va jamiyat tanlamaydi, deydi u. Inson o'z fikri va dardini har yerda erkin va tinch yo'l bilan ifodalay olishi lozim. Terrorizm karikatura san'atini to'xtata olmaydi, deydi u. Satira va chizgilar yanada kuchaysa ajab emas.
Sudanlik karikaturachi Xolid Albaih ijodidan

1
"Islomiy davlat" Ebola virusiga qanday ko'p ko'proq e'tibor qozonishni maslahat bermoqda: ko'proq oq tanlilarni o'ldir.

2
Hijobda yurgan ayolni erkaklar qanday ko'radi va tasavvur qiladi?

3
Janubiy Sudan rahbari Salva Kiir: "Men Janubiy Sudanman"

4
Janubiy Sudan mustaqillik kuni