Indoneziya qutqaruv xizmatining tan olishicha, bortida 162 odam ketayotgan "AirAsia" samolyoti cho'kkan. Uning qoldiqlari topilgan. Aerobus yakshanba kuni ertalab Yava dengiziga qulagani taxmin qilinmoqda.
Bedarak ketgan layner qoldiqlarini qidirish ishlari davom etayapti.
Xalqaro darajada olib borilayotgan qidiruv ishlariga kemalar, samolyotlar va vertolyotlar jalb qilindi. Bir necha davlat, jumladan, Qo'shma Shtatlar yordam taklif qilgan.
Arzon chiptalar taklif qiluvchi "AirAsia" havo yo'llarining samolyoti Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga uchayotgan edi. Havoga ko'tarilgach, ko'p o'tmay Aerobus bilan aloqa uzilgan.
Pilot dovuldan xavfsizroq balandlikda uchish uchun ruxsat so'ragani ma'lum. Biroq pastroqda boshqa samolyot bo'lgani sababli uchuvchiga rad javobi berilgan. Ana shundan so'ng aloqa to'xtagan.
"AirAsia" kompaniyasi rahbari Toni Fernandes voqeadan dahshatdamiz, deydi. Hozir kompaniya oldida turgan ustuvor vazifa - yo'lovchilar va ekipaj a'zolarining yaqinlariga hamdard bo'lish, ularni qo'llab-quvvatlab tergovga yordam berishdir, deydi u.
Samolyotda indoneziyalik 149 fuqaro, janubiy koreyalik uch shaxs, shuningdek, Britaniya, Malayziya va Singapurdan yo'lovchilar bo'lgan. Ekipaj tarkibida Indoneziyaning olti fuqarosi va bir fransuz uchuvchi bor edi.