Breaking News

Fransiyada samolyot qulab, 150 odam o'lgan


Qulagan samolyotda yaqinlari bo'lganlar Ispaniyaning Barselona aeroportida yig'ilmoqda. 24-mart, 2015-yil.
Qulagan samolyotda yaqinlari bo'lganlar Ispaniyaning Barselona aeroportida yig'ilmoqda. 24-mart, 2015-yil.

Fransiyaning Alp tog'lari uzra qulagan "Aerobus" samolyoti bortida bo'lgan 150 odamning hammasi nobud bo'lgan.

Fransiya Transport vazirligi biror odam omon qolmagan, deydi.

Ispaniyadan Germaniyaga uchayotgan samolyot ertalab 10:47 da g'oyib bo'lgan.

Yo'lovchilarning aksariyati Germaniyadan edi. 16 nafari almashinuv dasturi bilan uchayotgan o'quvchilar. Shuningdek, Ispaniya va Turkiya fuqarolari bor. Ikki nafari yosh bola. Samolyotda fransiyaliklar ham bo'lgani ehtimol qilinadi.

Germaniyada asoslangan "Germanwings" kompaniyaga qarashli "Aerobus" bortida 144 yo'lovchi va olti nafar ekipaj a'zosi bo'lgani ma'lum.

Uchuvchining 10 yillik tajribasi bor edi, deydi kompaniya rasmiylari.

Oxirgi xabarlarga ko'ra, samolyotning qora qutisi topilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG