Breaking News

Al-Hol lagerida zo'ravonliklar davom etmoqda


Al-Hol Lageri, Suriya
Al-Hol Lageri, Suriya

Huquq faollariga ko’ra, joriy yilda Suriya shimoli-sharqidagi al-Hol lagerida 79 odam o’lgan. Bu lagerda “Islomiy davlat” jangarilarining o’n minglab xotinlari va bolalari saqlanadi. Ayollar lagerda o’z tartib-qoidalarini joriy etgan. Bo’ysunmaganlar o’lim bilan yuzlashadi. Taxminlarga ko’ra, jangarilar lagerga yashirincha qurol yetkazmoqda.

Xalqaro hayot - 25-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:25 0:00

Lagerda xavfsizlikka kurdlar yetakchiligidagi Suriya demokratik kuchlari javob beradi.

“Bir necha kun oldin bir guruh jurnalistlar lagerga borganida jihodchilarning farzandlari ularni toshbo’ron qildi. Ayollar “Islomiy davlat” qoidalarini joriy etgan. Unga qarshi chiqqanlar jazolanadi”, - deydi Farhod Shami ismli qo’riqchi.

Lagerda saqlanayotgan ayollarning aksariyati Suriya va Iroqdan. Yana 57 mamlakat fuqarolari ham bor. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ularning mamlakatlaridan al-Hol va al-Roj lagerlaridan fuqarolarini olib ketishni so’ragan.

Al-Holda 65 ming odam saqlanadi. Al-Rojda ahvol nisbatan barqaror bo’lsa-da, u yerda ham bolalar lagerni ko’rishga boradigan odamlarni tosh va shisha bilan kutib oladi; o’tgan oy 16 ta palatka yonib kul bo’lgan.

Al-Rojdagi ayollar vataniga qaytishni istaydi.

"Odamlar Suriyaga men kabi farzandlari bilan kelib, men qilgan xatolarni takrorlashini istamayman. Afsusdaman, pushaymonman. Fransiyaga qaytib ketgim keladi. Bolalarim haqqi uchun”, - deydi bir ayol.

Bu ikki lagerdagi ayollar va bolalarning aksariyati 2019-yilda “Islomiy davlat” nazoratidagi hududlarni boy berganida qo’lga olingan.

Mahalliy rasmiylarning aytishicha, lager aholisi ayblovsiz ushlab turilibdi, ularning ishi ko’rilmas ekan, ekstremistik kayfiyatlar kuchayib boraveradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG