Breaking News

Muhammad Ali so'nggi manzilga kuzatildi


Muhammad Alining tobuti janoza namozi uchun olib kelinmoqda, Luivil, Kentuki, 2016-yil, 9-iyun.
Muhammad Alining tobuti janoza namozi uchun olib kelinmoqda, Luivil, Kentuki, 2016-yil, 9-iyun.

Jahonning har xil qit'asidan kelgan musulmonlar afsonaviy boks ustasi Muhammad Alining janozasida ishtirok etdi. Jasur sportchi og'ir damlarda ham islomning himoyasiga turdi, deya eslashdi uni islom rusumlariga ko'ra o'tgan marosimda.

Muhammad Ali bugun Kentuki shtatining Luivil shahrida dafn etildi.

Shia, sunniy, salafiy va so'fiylarni birlashtira oladigan inson dunyoda bor bo'lsa, u ham Muhammad Ali edi, deya eslaydi uni muxlislari. Kentukidagi marosimda islomning har xil oqimlari va boshqa din namoyandalarini ko'rish mumkin edi.

"Shu inson sharofati bilan ko'ksimizni kerib yurdik. U bizning faxrimiz, g'ururimiz edi. Amerika musulmonlarining kuchli himoyachilaridan edi", - deydi Amerika-Islom aloqalari kengashi vakili Rula Allush.

"Muhammad Ali musulmon ekanini yashirmadi. Hammamiz uchun namuna bo'ldi", - deydi kaliforniyalik Nadiya Hasan.

Fuqaro huquqlari kurashchisi Jessi Jekson nazarida Ali Amerikani yaxshiroq, komilroq qildi.

"Islom dini jahonda millionlarning e'tiqodidir. Ali ana shu insonlarni o'zida namoyon etdi", - deydi Jekson.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG