Breaking News

Erondagi namoyishlar dunyoga yoyilmoqda

Erondagi namoyishlar dunyoning boshqa shaharlariga ham yoyildi. Shu kungacha Erondagi namoyishlarda kamida 41 kishi halok bo’lgan. 1200 dan ortiq odam hibsga olingan.

Tehronda 22 yoshli Mahsa Aminiyning politsiya idorasida jon berishi ortidan mamlakatda namoyishlar boshlanib ketdi. Aminiy ro’molini “noto’g’ri” o’ragani uchun hibsga olingan edi. Ayolning oilasiga ko’ra, u hibsga olinganidan keyin politsiya mikroavtobusida kaltaklangan, boshiga bir necha bor zarba berishgan. Politsiya bu da’volarni rad etib, ayolning yurak xurujidan vafot etganini aytmoqda.


XS
SM
MD
LG