Breaking News

Afg'on harbiylari nima sabab amerikaliklarga hujum qilmoqda?


AQSh va NATO kuchlarining Afg'onistondagi qo'mondoni general Jon Allen
AQSh va NATO kuchlarining Afg'onistondagi qo'mondoni general Jon Allen
AQSh va NATO kuchlarining Afg’onistondagi qo’mondoni general Jon Allenning aytishicha, so’nggi paytda mahalliy xavfsizlik kuchlari tomonidan koalitsiya qo’shinlariga hujumlar ko’paygani afg’on armiyasi va politsiyasi safida Tolibon agentlari sonining oshganidan dalolat emas.

Oxirgi ikki haftada shu kabi hujumlarda koalitsiyaning 10 harbiysi o’lgan, aksariyati amerikalik. Jami esa yil boshidan beri 39 xalqaro zobit afg’on askarlari yoki politsiyachilari hujumidan o’lgan.

Tolibon ular safiga ko’p agentlari kirgani haqida maqtanib, yaqin kunlar ichida bu kabi xurujlar ko’payishini aytgan.

General Allenning teleko’prik orqali Pentagondagi rasmiylarga bildirishicha, bu hujumlarning chorak qismigina xavfsizlik kuchlari safiga suqilib olgan toliblar hissasiga to’g’ri keladi.

"Qolgan hollarda esa xalqaro qo’shinlar bilan chiqisha olmaslik, arazlashish yoki tortishib qolish kabilar sabab", - deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG